• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Iqtisodiyot tarmoqlariga turtki berish uchun tariximizda bo‘lmagan imtiyozlarni joriy etishga majbur bo‘ldik” — Shavkat Mirziyoyev

    Shavkat Mirziyoyev huzurida iqtisodiyot tarmoqlariga yo‘naltirilgan imtiyozlar samaradorligi tahlili bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishida ta’kidlanishicha, oxirgi yillarda bir qator imtiyozlar joriy etildi. 2021-yilda ularning jami hajmi 51 trillion so‘mni tashkil qilgan. Natijada 2021-yilda 170 mingta yangi tadbirkorlik subyekti ochilgan, 500 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Oxirgi olti yilda birgina soliq sohasida 1 400 ga yaqin imtiyoz taqdim etilgan.

    Eksportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan subsidiyalar ham o‘z natijasini berib, tadbirkorlarning tashqi bozorga chiqishiga madad bo‘lmoqda. Birgina 2021-yilda 280 milliard so‘mdan ortiq shunday subsidiyalar ajratilgan bo‘lib, uning 220 milliardga yaqini eksport bo‘yicha transport xarajatlariga yo‘naltirilgan. Natijada 2 ming 800 ta korxona ilk bor tashqi bozorga chiqqan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, eksportchi korxonalarga xalqaro standartlash va sertifikatsiyalash, sug‘urta va hatto reklama xarajatlari qisman qoplab berilmoqda. Natijada elektr texnikasi tarmog‘ida berilgan har bir so‘m subsidiya evaziga 870 so‘mlik eksport amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich to‘qimachilik sohasida 555 so‘m, qurilish materiallari sohasida 273 so‘mni tashkil etgan.

    Tadbirkorlarga ko‘maklashish uchun kredit foizlarini kompensatsiya qilish va kredit kafolatlari berish tizimi yaratildi. Ularga kredit yuklamalarini kamaytirish maqsadida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 6 trillion 100 milliard so‘mlik majburiyatlar olingan bo‘lib, 2022- yilning o‘zida 2 trillion 500 milliard so‘mlik kompensatsiyalar to‘lab berilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Lekin joylarda imtiyozlardan samarasiz yoki maqsadsiz foydalanish holatlari ham uchrab turibdi. Masalan, davlat budjetidan 127 turdagi subsidiyalar joriy etilgan bo‘lsa-da, amalda ularning 15 tasidan foydalanilmayapti.

    Tarmoqlar va sohalar bo‘yicha ham imtiyozlar samaradorligi bir xil emas. Misol uchun, qishloq xo‘jaligiga berilgan har 1 so‘m imtiyoz evaziga sohada 33 so‘m qo‘shilgan qiymat yaratilmoqda. Bu ko‘rsatkich sog‘liqni saqlash sohasida 30 so‘m, ta’limda 22 so‘m, axborot texnologiyalarida 16 so‘mni tashkil etmoqda.

    Yig‘ilishda imtiyozlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    So‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlariga turtki berish uchun ilgari tariximizda bo‘lmagan imtiyozlarni joriy etishga majbur bo‘ldik. Bugun ulardan natija, saboq, tajriba qanday bo‘ldi, degan savolga javob topish kerak. Budjetdan ajratilgan har bir so‘mning hisob-kitobini joyiga qo‘yish, imtiyozlarning samaradorligini oshirish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
    Shundan kelib chiqib, bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziriga barcha imtiyoz va subsidiyalarning natijadorligi ko‘rsatkichlarini belgilab, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha qat’iy nazorat tizimini joriy etish topshirildi. Hisob palatasida monitoring bo‘limi tashkil etib, imtiyozlar samaradorligini doimiy tahlil qilib borish vazifasi qo‘yildi.

    Soliq va bojxona imtiyozlarini xatlovdan o‘tkazib, samarasizlarini bekor qilish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun berilgan imtiyozlarni bir xillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Hududlar kesimida olganda, soliq imtiyozlarining 31 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Qoraqalpog‘iston; Jizzax, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarining ulushi 2 foizdan oshmaydi. Lekin Surxondaryoning Oltinsoy tumanida ham, Toshkent shahrining Mirobod tumanida ham tadbirkorlar uchun belgilangan talablar, soliqlar, imtiyozlar, subsidiya, kompensatsiya va preferensiyalar bir xil.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bois davlat rahbari soliq imtiyozlarini hududlarning rivojlanish darajasidan kelib chiqib belgilash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

    Endi joylarga borib, manzilli qarorlar qabul qilib, imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanib, chekka-chekka tumanlarni ham rivojlanish yo‘liga olib chiqish kerak, – dedi prezident.
    Aholi va tadbirkorlarning bu borada xabardorligini oshirib, imtiyozlardan foydalanish qamrovini kengaytirish zarurligi qayd etildi. Subsidiyalar bo‘yicha yagona ochiq portal yaratib, barcha imtiyozlarni bosqichma-bosqich shu orqali berish taklifi bildirildi.

    01.11.2022, 18:04   Izoh (0)   8539
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

    01.11.2022, 17:34

    Surxondaryoda 428 mln so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan rahbar ushlandi

    01.11.2022, 17:20

    O‘zbekistonda oktabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi

    01.11.2022, 17:09

    “O‘zbekneftgaz”: Statistika va Soliq qo‘mitalari bilan integratsiya qilingan avtomatlashtirilgan “komplaens nazorat” dasturi orqali manfaatlar to‘qnashuviga chek q...

    01.11.2022, 17:00

    Surxondaryoda uch nafar fuqaro shifokorni kaltakladi

    01.11.2022, 16:39

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi

    01.11.2022, 16:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.