Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonidagi o‘rindiqdan tok chiqayotgani aytilgan video tarqalgan edi. Holat yuzasidan metropoliten mutaxassislari tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, ushbu videodagi holat “Chilonzor” yo‘nalishi Sergeli yo‘lida kechki vaqtda sodir bo‘lgan. Tok deb aytilayotgan narsa esa metro yo‘lidagi yoritish qurilmalarining vagon ventilyatsiya yo‘li orqali tushgan yorug‘ligi, ya’ni hech qanday elektr toki uchquni emas.
Shu o‘rinda yo‘lovchilar tomonidan o‘rinsiz videolarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz, — deyiladi munosabatda.
Izoh (0)