Toshkentdan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahriga aviaqatnovlar soni uch baravarga ko‘paymoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 31-oktabrdan boshlab Uzbekistan Airways ushbu shaharga parvozlar sonini oshiradi. Har dushanba, payshanba va shanba kunlari Sharjaga sayohat qilish imkoni mavjud bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Sharja — BAAdagi uchinchi yirik shahar. Sharja amirligining ma’muriy markazi. Aholisi – 1 million 396 ming 10 kishi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)