“Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli bilan shartnomani uzaytirdi.
Klub mutaxassis bilan 2025-yil 30-iyunga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Piolining amaldagi shartnomasi 2023-yilda o‘z nihoyasiga yetadi.
Stefano 2019-yildan buyon “Milan”ni boshqarib kelmoqda. 2021/22-yilgi mavsumda “rossoneri” bilan birga Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan.
Joriy mavsum milanliklar A Seriyada ortda qolgan 12 turdan so‘ng 26 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)