Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar Instagram’da global uzilish haqida xabar bermoqda. Bu haqda “RBK” ma’lum qildi.
Shikoyatlarning aksariyati ijtimoiy tarmoq ilovasi ustidan qildi. Twitter’da turli mamlakatlardan bo‘lgan foydalanuvchilar o‘z akkauntidan chiqarib yuborilgani haqida ommaviy ravishda shikoyat qildi.
Shundan so‘ng ilovada ularning profili hamjamiyat qoidalarini buzgani uchun bloklangani haqida xabar paydo bo‘ldi.
Eng ko‘p shikoyatlar Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya, Shveysariya, Fransiya va AQSHdan keldi.
Avvalroq Instagram rekord darajadagi 405 million yevro jarimaga tortilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)