Namanga viloyati, Pop tumanidagi neft baza bino-inshootlari kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot auksionga Namangan viloyati Davlat aktivlari boshqarmasi tomonidan joylashtirilgan.
Qurilgan yili noma’lum bo‘lgan ushbu bazaning umumiy maydoni — 39 gektar. Binoning maydoni — 11707,06 kvadrat metr.
Neft bazasida suv, elektr va gaz ta’minoti bor. Kanalizatsiya tizimi esa yo‘lga qo‘yilmagan.
Auksionga qo‘yilgan bazaning boshlang‘ich bahosi — 217,8 mlrd so‘m. Arizalar 28-noyabr 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Navoiydagi “Nurota” mehmonxonasi qariyb 20 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)