• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Boku metrosida 286 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan halokat, fransuzlar tomonidan AQSHga sovg‘a qilingan Ozodlik haykali va fashistlardan ozod etilgan Ukraina. Kun xronologiyasida 28-oktabr

    28-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan mashinist xatosi sabab Boku metrosida halok bo‘lgan yuzlab yo‘lovchi, Fransiya tomonidan AQSHga sovg‘a qilingan Ozodlik haykali va nemis fashistlaridan ozod etilgan Ukrainaga oid faktlar o‘rin olgan.

    Boku metrosida yuz bergan eng yirik halokat

    1995-yilning 28-oktabr kuni Bokuda butun dunyo metrolari tarixida qurbonlar soni bo‘yicha eng katta halokat yuz bergandi. Stansiyalararo harakatlangan elektropoyezd vagonida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 286 kishi halok bo‘lgan, yana shuncha odam jarohat olgan. Ozarbayjon hukumati favqulodda holat mashinistning tunnelda to‘xtash borasidagi qarorini sabab yuzaga kelganini ma’lum qilgan.

    Foto: ORT

    Foto: ORT

    Boku metropoliteni 1967-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, Sovet Ittifoqida Moskva, Leningrad, Kiyev va Tbilisidan keyingi beshinchi yerosti yo‘liga aylangan. U bugungi kunda ham yo‘lovchilar oqimi va boshqa qator muhim tavsiflari bo‘yicha postsovet davlatlari orasida beshinchi o‘rinda turadi. Boku metrosining tarixida insonlar o‘limiga sabab bo‘lgan bir necha voqealar yuz bergan. 1994-yilning 13-mart va 3-iyul kunlari avvalida stansiya platformasida, keyinroq elektropoyezd vagonida teraktlar sodir bo‘lgan. Birinchi portlash oqibatida 114 kishi halok bo‘lgan, 49 kishi jarohatlangan. Ikkinchi terakt 13 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan, yaradorlar — 58 kishi. Ozarbayjon o‘shanda teraktlar Armaniston maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilganini ma’lum qilgan.

    1995-yil 28-oktabr kuni esa Boku yer osti yo‘lida qurbonlar soni bo‘yicha tarixdagi eng yirik halokatlardan biri sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida 286 kishi, jumladan, 28 nafar bola va uch nafar qutqaruvchi halok bo‘lgan. 270 kishi jarohat olgan.

    Foto: TV6

    Foto: TV6

    Fojia soat 17:00 larda boshlangan. Manbalarda favqulodda holat eng “tig‘iz vaqt”da, shaharliklar ishdan uyga qaytayotgan, vagonlar esa yo‘lovchilarga to‘la bo‘lganida sodir bo‘lgani keltiriladi. Aslida bundan emas: 27 yil oldin ushbu kun shanbaga to‘g‘ri kelgan, aks holda qurbonlar soni yanada ko‘p bo‘lardi.

    Vagonlardan birining yuk tortuvchi dvigatellaridan birida yong‘in chiqqach, vahimaga tushib qolgan mashinist tarkibni “Ulduz” va “Nariman Narimanov” stansiyalari orasidagi tor tunnelda to‘xtatgan. Olov tez tarqala boshlagan, bunga vagonlarning 98 foiz qismi tez yonuvchan materiallardan ishlangani ham sabab bo‘lgan. Mashinist zudlik bilan avariya haqida dispetcherga xabar bergan. Kontakt relslardan kuchlanishni olib tashlashga qaror qilingan. Bu yo‘riqnomaga to‘g‘ri kelardi, biroq quvvati o‘chirilgan poyezdni stansiyaga qaytarish imkonsiz bo‘lib qolgan.

    Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi ikki vagonda kutilmaganda kuyindi hidi tarqalgan, keyin chiroq o‘chgan. Oltita vagonni bir zumda olov qoplab, alangali qopqon hosil qilgan.

    Tunnelda havo aylanishining yaxshi emasligi va yorug‘lik kamligi bois ko‘plab yo‘lovchilar tutunga tiqilgan hamda sarosimada oyoq ostida qolib ketgan. Poyezd oynasidan chiqishga uringanlar ularni sindirishga tushib, turli jarohatlar olgan. 40 ga yaqin odamning jasadi tunnel yo‘lida topilgan — odamlar eng yaqin stansiyaga yetib bora olmagan. Bir necha kishi kuch va kommunikatsiya kabellarini ushlagani bois elektr toki urishidan vafot etgan. Qolganlar quyuq tutun sabab nafas ololmay qolgan. “Ulduz” stansiyasi tomonidan yoqilgan tunnel ventilyatsiyasi rejimi evakuatsiya qilinayotgan yo‘lovchilar yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan.

    Foto: RTR

    Foto: RTR

    Omon qolganlardan biri keyinchalik shunday eslagandi: “Poyezd tunnelga kirishi bilan chaqnoqni ko‘rdim. Keyin alanga vagonni egallab oldi, oynalar sindiril va chiroq o‘chdi. Odamlar vagondan chiqish uchun oynalarni sindirishga tushdi. Biz nafas ololmay qoldik”.

    Bokudagi fojiadan uch kun o‘tib, mustaqil mutaxassislar agarda mashinist poyezdni to‘xtatmasdan eng yaqin perronga qadar harakatlanganda, ko‘pchilik omon qolgan bo‘lishini ma’lum qilgan: tarkibi “Ulduz” stansiyasidan 200 metr uzoqlikda to‘xtab qolgan. Qaror dispetcherlar tomonidan to‘liq ma’lumot yo‘qligi va vaziyatni yaxshi anglamagani sabab qabul qilingan. Fuqarolik mudofaasi shahar shtabiga bu boradagi xabar favqulodda holatdan bir soat o‘tib yetib kelgan.

    Metroga tushgan o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchilar 400 ga yaqin odamni evakuatsiya qilgan. Ular 6 soat davomida olovchi o‘chirgan va omon qolgan yo‘lovchilarni yuqoriga chiqargan.

    Foto: ORT

    Foto: ORT

    Bundan oldingi yillarda uyushtirilgan teraktlar sabab hodisa avvaliga portlash, qasddan yong‘in uyushtirish sifatida qaralgan. Ammo taxminlar tasdiqlanmagan. Avariyani tekshirish bo‘yicha hukumat komissiyasi fojiaga texnik nosozlik, shuningdek, mashinistning to‘xtash to‘g‘risidagi xato qarori bo‘lgan, degan xulosaga kelgan. Komissiya rahbari, Ozarbayjon hukumati rahbarining o‘rinbosari Abbos Abbosov halokatga sovet davridan qolgan eski uskunalar sabab bo‘lganini aytgan.

    Halok bo‘lganlar xotirasiga Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev umummilliy motam e’lon qilgan. Davlat rahbari qurbonlarni davlat hisobidan dafn etish va ularning oilalariga 1 million manat (o‘sha davrdagi kurs bo‘yicha 230 dollar) ajratish topshirig‘ini bergan.

    Fransuzlar sovg‘a qilgan Ozodlik haykali

    1886-yil 28-oktabr kuni Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykalining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tgandi. Ozodlik haykalining original maketi fransiyalik haykaltarosh Frederik Ogyust Bartoldi tomonidan 1870-yilda tayyorlangan bo‘lib, uning birinchi nusxasini hozirda Eyfel minorasi yaqinidagi Lyuksemburg bog‘ida ko‘rish mumkin.

    Foto: Wikipedia Commons

    Foto: Wikipedia Commons

    Haykal Amerikaning aynan qayeriga o‘rnatilishini Bartoldi tanlagan. Uning fikricha, Manxetten chegarasidan 3 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Bedlou oroli monument uchun ideal joy hisoblangan. Tarixchilarga ko‘ra, Bartoldi o‘zining ulkan haykalini nafaqat Nyu-York yaqinidagi orolga, balki Qizil va O‘rta yer dengizlarini birlashtirib turuvchi Suvay kanalidagi Port-Saidga ham o‘rnatishni rejalashtirgan. “Osiyo nur sochayotgan Misr” loyihasini amalga oshmagan, biroq Bartoldining mehnati besamar ketmagan va AQSH hududida amalga oshgan. Bundan tashqari, Suvaysh kanali quruvchisi Lessens AQSHdagi Ozodlik haykalini yaratish bo‘yicha qo‘mita rahbarligiga tayinlangan.

    Monumentni Bedlou oroliga o‘rnatish loyihasi AQSH Kongressi tomonidan 1877 yilda tasdiqlangan. Fransuzlar uni AQSH Mustaqillik deklaratsiyasining 100 yilligiga — 1876-yil 4-iyul sanasiga taqdim etishni rejalashtirgan. Biroq mablag‘ yig‘ish jarayonlari cho‘zilib ketgan va bu vaqtda kelib faqatgina mash’alani ushlab turgan mis qo‘l tayyorlangan. 1878-yil iyulda Ozodlik malikasining bosh qismi tayyor bo‘lgan.

    Foto: Wikipedia Commons

    Foto: Wikipedia Commons

    Ta’kidlash kerakki, haykalni o‘rnatish uchun mablag‘lar mavjud barcha usulda yig‘ilgan: ballar, sport musobaqalari, ko‘rgazma va lotereyalar tashkillashtirilgan. Ayniqsa, New-York World gazetasi egasi Putiser monumentning qurilishiga katta moliyaviy yordam ko‘rsatgan.

    Tayyor Ozodlik haykalining birinchi taqdimoti 1884-yil 4-iyul kuni Fransiyada o‘tkazilgan, shundan keyin u bo‘laklarga ajratilib, AQSHga yuborilgan. Nyu-Yorkka Ozodlik haykali 1885-yil 17-iyul kuni yetib kelgan. Haykalni yig‘ish ishlari 4 oyga yaqin davom etgan. Biroq prezident Grover Klivlend ishtirokidagi haykalning rasmiy ochilishi marosimi 1886-yil 28-oktabrda o‘tkazilgan. Tantanali ochilish marosimida faqat erkaklar ishtirok etgan. Faqatgina istisno tariqasida Lessensning sakkiz yoshli qizi va Bartoldining rafiqasi ishtirok etishiga ruxsat berilgan. Bedlou oroli 1956-yilga kelibgina Ozodlik oroli nomiga o‘zgartirilgan.

    Ozodlik haykali og‘irligi 125 tonnani tashkil etuvchi po‘lat karkasdan iborat. Konstruksiyani loyihalashtirish va qurishga Gustav Eyfel taklif etilgan. Karkas shunday tuzilganki, monument ichida bemalol harakatlanish va zina orqali ko‘tarilishi mumkin. Toj qismida joylashgan tomosha maydonchasiga qadar 354 ta zinani bosib o‘tish kerak. Qimmatbaho toshlar ko‘rinishida bo‘lgan 25 ta oyna Nyu-York bandargohiga qaragan.

    Foto: Wikipedia Commons

    Foto: Wikipedia Commons

    Po‘lat skelet usti umumiy og‘irligi 31 tonnani tashkil etuvchi 2,37 millimetr qalinlikdagi mis bo‘laklari bilan qoplangan. Bir-biriga bog‘langan mis bo‘laklar haykalning shaklini tashkil qiladi. Haykalning bir oyog‘ida singan zanjir mavjud — Bartoldi shu orqali ozodlikka erishishni ramziy ifodalagan. Ozodlik haykalining chap qo‘lidagi kitobda AQSH Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan sana Rim raqamlarida yozilgan: JULY IV MDCCLXXVI.

    Foto: Wikipedia Commons

    Foto: Wikipedia Commons

    Har yili Ozodlik haykaliga 4 milliondan ortiq turist tashrif buyuradi. Oroldagi Milliy bog‘cha chiqish erkin, biroq unga yetib olish uchun paromda harakatlanish, shuningdek, yaxshilab tekshiruvdan o‘tishga to‘g‘ri keladi.

    Fashist bosqinchilaridan ozod etilgan Ukraina

    Ikkinchi jahon urushi davrida Ukraina hududida harbiy harakatlar 40 oy davom etgan — 1941-yil 22-iyundan 1944-yilning 28-oktabriga qadar. Nemis qo‘shinlari hujum vaqtida qaqshatkich qarshilikka uchragan. Bunga 1941-yil iyun oxirida Dubno—Lusk—Brodi yaqinidagi eng yirik tanklar to‘qnashuvi, o‘sha yil sentabridan boshlangan Kiyev mudofaasi, 1941-yil 5-avgustdan 16-oktabrgacha cho‘zilgan Odessa mudofaasi bunga misol bo‘la oladi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Biroq 1941-yil iyulning ikkinchi dekadasida fashist qo‘shinlari G‘arbiy Ukrainani egallaydi. 24-oktabr kuni Xarkov taslim bo‘ladi. 4-noyabrda sovet qo‘shinlari Balakleya—Artemovsk—Pugachyov—Xorpi chizig‘idan chekingani bois, Donbassning katta qismi egallab olingan.

    1942-yilning dekabrida feldmarshal Paulyusning 6-armiyasi Stalingrad (hozirda Volgograd) yaqinida qurshovga olingach, sovet qo‘shinlari birinchi ukrain qishloqlari va Sharqiy Donbassdagi shaharlarni ozod etadi. 1943-yil yanvardan 1944-yil kuzga qadar butun Ukraina hududini ozod etish uchun kurashlar davom etgan. Bu davrda Ukraina yerlarida butun sovet qo‘shinlarining yarmi joylashtirilgan. Ukraina hududida Qizil armiya jami 15 ta hujum operatsiyasini o‘tkazgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Ukrainani ozod etish bo‘yicha janglar asosan 1943-yilning yoz fasliga to‘g‘ri kelgan. Kurskda g‘alaba qozongan sovet qo‘shinlari Xarkovshina va Donbass hududlariga kirib borgan. 1943-yil 23-avgustda Belgorod-Xarkovdagi “Rumyansev” operatsiyasi davomida Xarkov ozod etilgan.

    Eng yodda qolarli janglardan biri Dnepr uchun kurashda kechgan. Dneprni uchun jangda qariyb 4 million kishi qatnashgan, front 750 kilometrga cho‘zilgan. Bundan urush ikki bosqichda kechgan: birinchisida (13-avgustdan 21-sentabrga qadar) Chernigov-Poltava va Donbass operatsiyalari o‘tkazilgan bo‘lib, natijada sovet qo‘shinlari Dneprga chiqib borgan; ikkinchisida (22-sentabrdan 23-dekabrgacha) sovet qo‘shinlari Dnepr o‘ng qirg‘og‘idagi 23 ta plasdarmni egallagan va Kiyev, Nijnedneprovsk operatsiyalarini boshlagan. 1943-yilning avgust-dekabr oylarida dushmanning 60 dan ortiq diviziyasi yakson etilib, Ukrainaning katta qismi, Donbass ozod etilgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    O‘sha yilning dekabr oxirlarida Dnepr-Karpat operatsiyasi — Ikkinchi jahon urushidagi eng yirik strategik operatsiyalardan biri boshlangan. Natijada Ukrainaning o‘ng qirg‘oq qismi ozod etilgan. Mamlakat hududidagi jangovar harakatlar davomida 3 millionga yaqin askar halok bo‘lgan. Ukrainadagi 700 dan ortiq shahar va 28 ming qishloq to‘liq yoki qisman yakson qilingan, qariyb 10 million odam boshpanasiz qolgan. Nemislar 16 mingdan ortiq sanoat korxonalarini yo‘qqa chiqargan.

    Urush davomida Ukrainaning jami 8-10 million aholisi halok bo‘lgan. Tinch aholining o‘ldirilishi bilan bog‘liq eng yirik qirg‘in Babiy-Yar chegarasida amalga oshirilgan. U yerda 150 ming yahudiy, Kiyev kasalxonalaridagi bemorlar va oddiy fuqarolar o‘ldirilgan. 1941-1944-yillar davomida Ukrainada jami 1,5 milliondan ortiq yahudiy — Xolokost qurbonlarining to‘rtdan biri o‘ldirilgan.

    Shuningdek, Ukraina hududida Ikkinchi jahon urushi davomida sodir etilgan eng ommaviy qotillik amalga oshirilgan. 1943-yilning 1-2-mart kunlari SSSR jangchilari, Ukraina yordamchi politsiyasi va Vengriya armiyasi jazolash harakati davomida Chernigov viloyatidagi “Koryukovka” qishlog‘ining deyarli butun aholisini — 6,7 mingga yaqin odamni o‘ldirgan. Natsistlar Ukrainaning 2,5 millionga yaqin aholisini qullikka olib ketgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    28-oktabr Ukrainada fashist bosqinchilaridan ozod etilgan kun sifatida nishonlandi. U mamlakat prezidentining 2009-yil oktabrdagi qarori bilan umummilliy bayramlar qatoriga kiritilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Armaniston parlamenti yig‘ilishiga bostirib kirgan terrorchilar, Akayev davridagi Qirg‘iziston va chechenlar yetakchisiga aylangan Joxar Dudayev. Kun xronologiyasida 27-oktabr

    28.10.2022, 09:30   Izoh (0)   46932
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ilon Mask Twitter’ni sotib olish sabablarini tushuntirdi

    28.10.2022, 09:15

    Ramzan Qodirov Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni, general-polkovnikni keskin tanqid qildi

    28.10.2022, 08:59

    Pentagon yangi mudofaa strategiyasini taqdim etdi. Unda Rossiya “o‘tkir tahdid” deb ataldi

    27.10.2022, 23:27

    Xitoy Rossiyaga qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam berishga va’da berdi

    27.10.2022, 23:22

    “Bu qish Yevropa uchun keyingi uchtasiga nisbatan ancha oson bo‘ladi” — Novatek rahbari

    27.10.2022, 23:04

    Xarkov viloyatida yana bir ommaviy qabr topildi

    27.10.2022, 22:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron Kubogi. “Istiqlol” “Malavan”ni mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Masharipov zaxirada qoldirildi (video)

    Sport | 30 may, 08:48

    Rossiya Eron dronlarini oltin quymasida sotib olgan — OAV

    Dunyo | 30 may, 08:47

    Land Rover o‘zining yangilangan Defender modelini taqdim etdi

    Avto | 30 may, 08:38

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitida ishtirok etadi

    O‘zbekiston | 30 may, 08:22

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.