Telegram’da foydalanuvchi nomlarini (username) maxsus platforma orqali sotib olish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda ilova asoschisi Pavel Durov o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.
Va’da qilinganidek, biz Telegram foydalanuvchi nomlarini maxsus platforma — “Fragment.com”da sotib olish imkoniyatini ishga tushirdik, — deydi Durov.
Ta’kidlanishicha, eng qimmat foydalanuvchi nomlari uchun kimoshdi savdolari allaqachon amalda.
Bir necha kundan keyin foydalanuvchilarga Fragment’da mavjud foydalanuvchi nomlarini sotish imkoniyatini ham joriy qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlar tarixida birinchi marta foydalanuvchi nomlari uchun adolatli, shaffof bozor tashkil etildi, — deydi Telegram asoschisi.
Avvalroq Telegram asoschisi Durov rus tilidagi qator kanallar nega bloklanganini tushuntirgani haqida xabar berilgan edi
Izoh (0)