• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Isroil o‘z xavfsizligi nuqtai nazaridan Ukrainaga mudofaa tizimlarini yetkazib bera olmaydi” — Gersog

    Isroil mamlakat xavfsizligi nuqtai nazaridan Ukrainaga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazib bera olmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Itsxak Gersog aytib o‘tdi, deb yozadi CNN.

    Itsxak Gersog

    Itsxak Gersog
    Foto: EPA

    Isroil prezidenti ma’lum qilishicha, gap muayyan sirlar haqida bormoqda, ular dushmanlar qo‘liga tushmasligi kerak.

    “Shunday qurol borki, bizda hatto uning eksport uchun versiyasi yo‘q. Shunday narsalar borki, ular dushmanlarimiz qo‘liga tushib qolishini xohlamaymiz. Lekin yordam berishimiz mumkin bo‘lgan hamma narsalarda ko‘mak ko‘rsatishga harakat qilyapmiz”, — dedi Gersog.

    Uning bu bayonoti Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikovning Isroilga “Temir gumbaz” mudofaa tizimini so‘rab qilgan murojaatiga javoban yangragan.

    Isroil prezidenti AQSHda prezident Jo Bayden bilan uchrashdi. Uchrashuv, asosan, Eron muammosiga, shu jumladan, Eronning Ukrainadagi urushga aralashuviga bag‘ishlandi.

    Itsxak Gersog Eron Rossiyaga qurol yetkazib berayotgani, u esa Ukrainada tinch aholini o‘ldirishda qo‘llanilayotganini qoraladi. Bundan tashqari, prezidentlar Eron yadro dasturini va Eron hukumatining namoyishlarda o‘z fuqarolariga qarshi xatti-harakatlarini muhokama qildi.

    Undan avval esa Gersog davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashib, Isroil Eron Rossiyaga uchuvchisiz uchar qurilmalar yetkazib berayotgani haqida razvedka ma’lumotlarini taqdim etganini bildirdi.

    Avvalroq Isroil prezidenti Itsxak Gersog AQSHga tashrifi chog‘ida Rossiya Ukraina hududida Eron dronlaridan foydalanganiga oid dalillarni e’lon qilishi haqida xabar berilgandi.

    Isroil va Ukraina munosabatlari

    13-oktabr kuni Kiyev viloyatida muhim infratuzilma obyektlari kamikadze dronlar zarbalariga uchragan edi. Shundan keyin Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Isroil hukumatiga rasmiy nota yuborib, Kiyevga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazishni so‘rashini ma’lum qilgandi.

    18-oktabr kuni Isroil va Ukraina mudofaa vazirlari Benni Gans va Aleksey Reznikov o‘rtasida telefon orqali muloqot o‘tkazilishi kerak edi, biroq Isroil tomoni so‘nggi lahzada qo‘ng‘iroqni rad etdi.

    Muzokaralardan bosh tortilishini nashr Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning bayonoti bilan bog‘lamoqda, u avvalroq “Isroil tomonidan Kiyevga qurol-yarog‘ berilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi barcha davlatlararo munosabatlarni buzishi” haqida ogohlantirgandi. Ertasi kuni Gans Isroil Ukrainaga qurol taqdim etmasligini ma’lum qildi.

    Keyinroq esa Isroil Ukraina harbiylariga Eron dronlariga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan razvedka ma’lumotlarini taqdim etib kelgani ma’lum bo‘ldi.

    “Temir gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimini Ukrainaga o‘tkazish masalasi 2021-yil sentabrida ham ko‘tarilgan edi. O‘shanda Politico manbasiga tayanib, amerikalik kongressmenlarning ba’zilari Kiyevga ikkita shunday tizimni yetkazib berishni taklif qilganini yozgan. Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, bu “Ukrainaning Rossiyadan bo‘layotgan tahdidni zararsizlantirishga” yordam berishi kerak edi.

    Rossiyaning Ukrainadagi bosqini boshlanganidan beri Isroil mamlakatga gumanitar yordam, shuningdek, o‘q o‘tkazmaydigan jilet va dubulg‘a kabi jihozlar yetkazib berdi. Biroq Ukrainaning Isroildagi elchisi Yevgeniy Korniychuk bu ta’minotda muammolar borligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Ukraina so‘raganidan ancha kam jilet va dubulg‘a jo‘natgan, shuningdek, mahsulotlar beshinchi emas, uchinchi toifada bo‘lgani sababli samarasizroq bo‘lgan.

    Eron dronlari

    Rossiyaga kamikadze dronlarni Eron yetkazib berayotgani haqida AQSH va Yevropa mamlakatlari hukumatlari gapirgandi. Bu haqda Amerika OAVlari ham yozgandi. Xususan, The Washington Post manbalariga ko‘ra, Tehron Moskvaga “o‘nlab” Mohajer-6 va ko‘p sonli Shahed-136 uchuvchisiz uchar qurilmalarini taqdim etmoqchi bo‘lgan. 20-oktabr kuni Yevroittifoq Eronning dron ishlab chiqaruvchi Shahed kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi.

    Rossiyaning BMTdagi missiyasi G‘arb mamlakatlari ma’lumotlarini dezinformatsiya kampaniyasi hamda Moskva va Tehronga bosim o‘tkazish uchun to‘qib chiqarilgan bahona deb atadi. Eronning BMTdagi doimiy vakili Amid Said Iravaniy ham dronlar yetkazib berilayotgani haqidagi ayblovlar asossiz ekanini aytgandi.

    Mavzuga doir:

    • Zelenskiy Isroil hukumatini urushda kim tomonda bo‘lishni hal qilishga chaqirdi
    • Isroilning Ukrainadagi elchisi nima uchun Kiyevga qurol yetkazib berilmayotganini tushuntirdi
    • Isroil Eronning Suriyadagi dron bazasiga hujum qildi

    27.10.2022, 14:52   Izoh (0)   11027
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xarkovda 6 oy bunkerda yashagan odam, Donetskdagi neftbazada yong‘in. Urushning 245-kunidan fotoreportaj

    27.10.2022, 14:46

    AQSH yangilangan yadro bombalarini Yevropaga jo‘natish muddatini oldinga surdi. Ular dekabrda keltiriladi

    27.10.2022, 13:23

    MDH mamlakatlari qochoq korrupsionerlarni bir-biriga topshirish haqida kelishib oldi

    27.10.2022, 12:52

    Si Szinpin AQSH bilan butun dunyo manfaati uchun hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi

    27.10.2022, 12:51

    NASA Turkmanistonda yirik hajmda metan sizib chiqqanini aniqladi

    27.10.2022, 12:12

    “Vagner” Afg‘oniston maxsus bo‘linmalarini Ukrainadagi urush uchun yollamoqda, ular amerikalik instruktorlar tomonidan o‘qitib tayyorlangan

    27.10.2022, 11:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.