Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Isroil prezidenti Itsxak Gersog AQSHga tashrifi chog‘ida Rossiya Ukraina hududida Eron dronlaridan foydalanganiga oid dalillarni e’lon qiladi. Bu haqda Isroilning Ynet nashri xabar bermoqda. Bu Jo Bayden prezidentlik lavozimiga kirishganidan buyon Gersogning AQSHga birinchi tashrifi bo‘ladi.

Isroil prezidenti Itsxak Gersog

Isroil prezidenti Itsxak Gersog
Foto: EPA

Xabarga ko‘ra, vizual tahlil yordamida Isroil mudofaa idorasi Ukrainada Eronda ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchar qurilmalar bilan bir xil bo‘lgan dronlar bo‘laklari borligini aniqlagan.

Prezident Gersog AQSH hukumatiga Shahed-136 dronlari Eronda 2021-yil dekabridagi o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida portlagani aks etgan tasvirlarni taqdim etadi. Ularni Ukrainadagi jangovar harakatlar chog‘ida urib tushirilgan xuddi shunday uchar qurilmalar surati bilan solishtirib ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, Eron o‘z dronlaridan foydalanilganini rad etayotganiga hamda ularni “niqoblash” uchun ruscha yozuvlar tushirilganiga qaramay, suratlarda qurilmalarning stabilizatorlari tuzilishi, kattaligi va raqamlanishi bo‘yicha bir xil ekanini ko‘rish mumkin.

Isroil va Ukraina munosabatlari

13-oktabr kuni Kiyev viloyatida muhim infratuzilma obyektlari kamikadze dronlar zarbalariga uchragan edi. Shundan keyin Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Isroil hukumatiga rasmiy nota yuborib, Kiyevga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazishni so‘rashini ma’lum qilgandi.

18-oktabr kuni Isroil va Ukraina mudofaa vazirlari Benni Gans va Aleksey Reznikov o‘rtasida telefon orqali muloqot o‘tkazilishi kerak edi, biroq Isroil tomoni so‘nggi lahzada qo‘ng‘iroqni rad etdi.

Muzokaralardan bosh tortilishini nashr Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning bayonoti bilan bog‘lamoqda, u avvalroq “Isroil tomonidan Kiyevga qurol-yarog‘ berilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi barcha davlatlararo munosabatlarni buzishi” haqida ogohlantirgandi. Ertasi kuni Gans Isroil Ukrainaga qurol taqdim etmasligini ma’lum qildi.

Keyinroq esa Isroil Ukraina harbiylariga Eron dronlariga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan razvedka ma’lumotlarini taqdim etib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Rossiyaga kamikadze dronlarni Eron yetkazib berayotgani haqida AQSH va Yevropa mamlakatlari hukumatlari gapirgandi. Bu haqda Amerika OAVlari ham yozgandi. Xususan, The Washington Post manbalariga ko‘ra, Tehron Moskvaga “o‘nlab” Mohajer-6 va ko‘p sonli Shahed-136 uchuvchisiz uchar qurilmalarini taqdim etmoqchi bo‘lgan. 20-oktabr kuni Yevroittifoq Eronning dron ishlab chiqaruvchi Shahed kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Rossiyaning BMTdagi missiyasi G‘arb mamlakatlari ma’lumotlarini dezinformatsiya kampaniyasi hamda Moskva va Tehronga bosim o‘tkazish uchun to‘qib chiqarilgan bahona deb atadi. Eronning BMTdagi doimiy vakili Amid Said Iravaniy ham dronlar yetkazib berilayotgani haqidagi ayblovlar asossiz ekanini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati