Shveysariya Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli Ukrainaga harbiy mahsulotlar eksportini chekladi, deb yozadi “RBK”.
Shveysariya Ukrainaga ayrim harbiy tovarlar eksportiga cheklovlar kiritdi, chunki betaraflik huquqi uni mojaro ishtirokchilariga ham xuddi shunday cheklovlarni joriy etishga majbur qiladi, deyiladi Shveysariya Federal Kengashi tomonidan e’lon qilingan mamlakatning betarafligi haqidagi hisobotida.
“Federal Kengash Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo‘shilganidan beri Shveysariya Ukrainaga qarshi ayrim hududlarda eksport cheklovlarini joriy etishga majbur bo‘ldi”, — deyiladi hujjatda.
Neytrallik to‘g‘risidagi qonun harbiy texnikani neytral davlatning o‘z harbiy zaxiralaridan qurolli mojarolar ishtirokchilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazishni taqiqlaydi, lekin xususiy kompaniyalarga eksport qilish va tranzitga ruxsat beradi.
Hisobotda qayd etilishicha, Shveysariya o‘zining betarafligi tufayli ukrainalik harbiylarning ularga himoya kaskalari va o‘q o‘tkazmaydigan jiletlarni yuborish haqidagi bir necha so‘rovlarini rad etgan, chunki bu tovarlar Shveysariya qonunchiligida maxsus harbiy texnika sifatida tasniflangan.
Shveysariya Konfederatsiyasi dunyodagi eng uzoq vaqtlik neytral davlatdir. U 1815-yildayoq Vena kongressida qonuniy mustahkamlangan va kafolatlangan. Ushbu maqom Shveysariya Qurolli kuchlaridan o‘zini himoya qilishdan tashqari boshqa davlatga qarshi har qanday ortiqcha harakatni taqiqlaydi.
Shveysariyaning Ukrainada urusg boshlanganidan beri qilgan harakatlari tanqid qilinayotgan bir paytda, 26-oktabr kuni mamlakat rasmiylari 1993-yildan beri ilk bor betaraflik siyosati haqida batafsil hisobot e’lon qildi.
Izoh (0)