Teleboshlovchi Kseniya Sobchak “Rostex” davlat korporatsiyasidan tovlamachilikda gumon qilinmoqda, deb yozadi “TASS”.
“Sobchak Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 163-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘ta yirik miqdorda mol-mulk olish maqsadida tovlamachilik) bo‘yicha gumon qilinmoqda. Ish bo‘yicha jabrlanuvchi “Rostex” kompaniyasining mansabdor shaxsidir”, — deyiladi agentlik xabarida.“TASS” izoh uchun Sobchakka murojaat qildi, ammo u bu haqda izoh bermadi. Unga qo‘yilgan ayblov 15 yilgacha ozodlik mahrum qilishni nazarda tutadi.
Huquq-tartibot idoralarining ma’lum qilishicha, ish bo‘yicha Sobchakning tijorat direktori Kirill Suxanov va Tatlerning sobiq bosh muharriri Arian Romanovskiy qo‘lga olingan. Sobchak Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketdi, 26-oktabr, chorshanba kuni ertalab uning uyi tintuv qilindi.
Izoh (0)