Polsha Senati bir guruh senatorlar tomonidan ishlab chiqilgan Rossiyani terrorchi rejim deb tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
“Senat bir ovozdan Rossiya Federatsiyasi hukumatini terroristik rejim deb tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Hujjatda Polsha parlamentariylari “Rossiya agressiyasi”ni qoralab, boshqa davlatlarni Rossiyaga qarshi xuddi shunday e’tirof qilishga chaqiradi.
Avvalroq Estoniya parlamenti “Rossiya rejimini” terrorchi, Rossiya Federatsiyasi esa terrorizmga homiylik qiluvchi davlat deb e’lon qilgan edi.
Izoh (0)