Anneksiya qilingan Xersonda 70 mingdan ortiq odam Dneprning o‘ng qirg‘og‘ini chap qirg‘og‘iga olib o‘tilgan. Bu haqda viloyat rahbari Vladimir Saldo ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
“Bu yerda statistik ma’lumotlarni olish qiyin. Hisob-kitob to‘g‘ri yuritilgan holatda raqamlarni aniqlash mumkin. Odamlar aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib, chap qirg‘oqqa o‘tish istagida ekanini aytadi. Ammo Xerson suv ustidagi shahar. Odamlarning o‘z qayig‘i, o‘z imkoniyatlari bor. Ammo ishonchim komilki, bir hafta ichida 70 mingdan ortiq odam narigi tarafga o‘tib ketdi”, — dedi Saldo.
Saldoning qo‘shimcha qilishicha, 19-oktabrda joriy etilgan Dneprning o‘ng qirg‘og‘iga kirish taqiqi “ko‘proq odamlarga ehtimoliy janglar zonasini tark etishi uchun” yetti kunga uzaytiriladi.
Izoh (0)