Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Respublika Jamoatchilik shtabidagi o‘z saylovoldi tashviqoti doirasida so‘zlagan nutqida bir martalik prezidentlik muddatining ustun taraflariga to‘xtaldi, deb yozadi “RBK”.
“Bir martalik yetti yillik muddat jamiyat va davlatdagi yangilanish jarayonlariga yangi sifat va dinamika bag‘ishlaydi, hokimiyatni monopoliyaga olish va hatto tortib olishga urinishlar uchun ishonchli to‘siq yaratadi”, — dedi To‘qayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston saylov tizimidagi “kardinal o‘zgarishlar” fuqarolarning “haqiqiy xalq” massihatlari (mahalliy vakillik organlari) va mamlakat parlamentini shakllantirishdagi ishtirokini ta’minlaydi. Shahar va tumanlar hokimlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri saylash orqali mahalliy davlat hokimiyati organlarining samarali tizimi shakllantiriladi.
Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Navbatdan tashqari saylovlarni o‘tkazish fikri ham aynan To‘qayevdan chiqqan.
Izoh (0)