Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakat prezidenti Vladimir Putinning Britaniya yangi bosh vaziri Rishi Sunakka nima uchun tabrik yo‘llamaganiga izoh berdi, deb yozadi “RBK”.
“Yo‘q. Bilasizmi, Britaniya hozir do‘stona bo‘lmagan davlatlar toifasiga kiradi. Shuning uchun tabrik yo‘llanmadi”, — dedi Peskov Putin Sunakni tabrikladimi, degan savolga javoban.
Avvalroq Peskov Moskva Britaniya hukumatining yangi rahbarini tayinlashda mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun zarur shart-sharoitlarni ko‘rmayotganini aytgandi.
Avvalroq Rishi Sunak Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda Buyuk Britaniya Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)