Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Respublika shoshilich tibbiy yordam ilmiy markazida videoselektor yig‘ilishini o‘tkazmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Davlat rahbari birlamchi bo‘g‘inni mahallagacha tushirish bo‘yicha boshlagan islohotlarni ayrim hudud rahbarlari haligacha to‘liq tushunib yetmaganini aytdi.
“Misol uchun, Buxoroda – 51 ta, Navoiyda – 20 ta, Jizzaxda – 19 ta mahallada shifokorlik punktlari tashkil etish yakuniga yetmagan. Oilaviy poliklinikalardan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan 272 ta mahallada tibbiyot punktlarini tashkil qilish, hatto kelgusi yil rejasiga ham kiritilmagan. Masalan, Toshkent viloyatida – 72 ta, Qashqadaryoda – 54 ta, Qoraqalpog‘istonda – 50 ta, Sirdaryoda – 31 ta, Surxondaryoda – 21 ta, Farg‘onada – 13 ta, Navoiyda – 12 ta bunday mahallalar bor. Yoki, mingdan ortiq mahallada konteynerlar o‘rnatilgani bilan, ularning yarmida issiq suv va muqobil elektr tizimi yo‘q”, — dedi davlat rahbari.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, “Qishloq shifokori” dasturi doirasida olis hududlar ro‘yxatini 297 taga yetkazilgan (ilgari 142 ta bo‘lgan) va ularni moddiy rag‘batlantirish yanada kengaytirilgan.
“Bugungi kunga qadar, dastur asosida 191 nafar shifokorlar ish boshladi. Masalan, Mo‘ynoqqa Farg‘ona, Samarqand va Xorazmdan 8 nafar shifokor ishga borgan. Lekin, yana 171 ta bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirish zarur. Qashqadaryoda – 67 ta, Navoiyda – 19 ta, Qoraqalpog‘istonda – 18 ta, Buxoroda – 17 ta, Surxondaryoda – 14 ta, Sirdaryoda – 13 ta shifokor o‘rinlari vakant”, — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Izoh (0)