Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 26,42 so‘mga ko‘tarilib, 11 155,12 so‘mni tashkil qildi. Yevro 205,66 so‘mga oshib, 11 184,12 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,18 so‘mga yuqorilab, 181,46 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 11 128,70 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)