Tailand hukumati mamlakatda koronavirusning “vaksinalarga chidamlilik darajasi yuqori” XBB shtammi aniqlangandan keyin Tailand aeroportlarida COVID-19 uchun skriningni kuchaytirmoqda.
Koronavirusning nisbatan tezroq tarqaladigan ushbu varianti ikki yo‘lovchida aniqlangan. Shundan so‘ng Tailand sog‘liqni saqlash vazirligi tegishli choralar uchun ko‘rsatma bergan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta’kidlashicha, XBB — omikron shtammining bir turi bo‘lib, u mavjud vaksinalarga qarshi chidamlilik ko‘rsatgan va hozirgi kunga qadar xususiyatlari eng noaniq variantdir.
XBB kamida 26 mamlakatda topilgan, deyiladi JSST ma’lumotida.
Izoh (0)