Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 11-turida “Barselona” 23-oktabr, yakshanba kuni “Atletik”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 12-daqiqasidayoq Usmon Dembele katalonlarni oldinga olib chiqdi. 18-daqiqada Serxi Roberto jamoasining ikkinchi golini urgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Robert Levandovski hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
73-daqiqada Ferran Torres yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0.
Ushbu g‘alabadan keyin “ko‘k-anorranglilar” ochkolarini 28 taga yetkazdi va ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ernesto Valverde qo‘l ostidagi jamoa 18 ochko bilan 5-pog‘onani egallab turibdi.
24-oktabr kungi o‘yinlardan keyin La Liga musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
La Liga
11-tur bahsi
23-oktabr, yakshanba
“Barselona” — “Atletik” 4:0
Gollar: 1:0 – 12 Dembele, 2:0 – 18 Serxi Roberto, 3:0 – 22 Levandovski, 4:0 – 73 Ferran Torres.“Barselona”: ter Stegen, Serxi Roberto, Kunde (Alonso, 63), Erik Garsiya, Balde, Buskets, de Yong, Pedri (Ferran Torres, 63), Gavi (Kessie, 34), Levandovski (Fati, 63), Dembele (Torre, 77).
“Atletik”: Unai Simon, De Markos (Lekue, 60), Martines, Yeray Alvares, Berchiche, Errera (Dani Garsiya, 21; Sanset, 60), Vesga, Sarraga (Vensedor, 70), Uilyams (Raul Garsiya, 70), Berenger, Uilyams.
Ogohlantirishlar: De Markos (16), Xavi (28), Buskets (71), Erik Garsiya (78), Vesga (89).
Izoh (0)