Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 11-turida “Sevilya” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Madridliklar klubi joriy mavsum La Ligadagi 11 o‘yindan 10 tasida g‘alaba qozondi. Bunaqasi ispan klublari ishtirokida tarixda oltinchi marta kuzatildi.
“Real” bundan avval 1968/69-yilgi mavsumda shunday natija qayd etgan va chempionga aylangandi. 1991/92-yilgi mavsumda ham dastlabki 11 o‘yinda 10 ta g‘alaba qayd etib, yakunda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, ushbu natijani “Barselona” uch marta ko‘rsata olgan: 2012/13 va 2017/18-yilgi mavsumlarda chempion bo‘lgan bo‘lsa, 2013/14-yilgi mavsumni ikkinchi bo‘lib yakunlagan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)