• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” reportaji: Ikkinchi Dubay bo‘lishdan qochayotgan va bog‘-shaharga aylanishga harakat qilayotgan Olmaota

    Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil makon yaratish masalalariga Qozog‘istonda ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Olmaota safarida bo‘lib qaytgan “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev ushbu megapolis misolida mavzuni o‘rgandi.

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov

    Havo sifatini o‘lchaydigan qurilmalar, soni ortib borayotgan ekopostlar, kunduzi ham suv purkaydigan mashinalar

    Olmaota tabiat bilan uyg‘un bo‘lishga intilayotgani yuqoridan ham bilinadi. Samolyot aeroportga qo‘nishga hozirlik ko‘rayotgan payt illyuminatordan shaharni kuzatdik va Olmaota yashillikka burkanganiga guvoh bo‘ldik. Aeroportdan to mehmonxonagacha bo‘lgan yo‘lni avtobusni kesib o‘tish chog‘ida bu taassurot yanada kuchaydi: magistral yo‘llarning ikki chetida daraxtlar o‘rmon misoli gurkirab turibdi.

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Dov-daraxt ko‘pligi va tog‘larga yaqinligi tufayli shaharda ko‘krakni to‘ldirib nafas olsa bo‘ladi va bu borada Toshkent bilan farqni yaqqol sezasiz. Yana bir jihati — shahar ko‘chalariga suv purkayotgan maxsus mashinalar faqat tongda emas, tushki payt ham Olmaotani bir qur aylanadi va chang-g‘ubor ko‘tarilishiga hissa qo‘shadi. Shaharning turli nuqtalariga ekopostlar qo‘yilgan, o‘tgan yilning o‘zida ularning safiga 19 ta statsionar, 3 ta ko‘chma post qo‘shilibdi.

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Olmaotaning turli hududlarida havo sifatini aniqlash va aholini xabardor qilish bo‘yicha loyiha ishga tushirilgan. Shahardagi 40 dan ortiq datchikdan bu borada olinadigan ma’lumotlar megapolisdagi 50 ta LED-ekran va “Olmaota” telekanaliga muntazam uzatiladi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Megapolisda ancha yillar avval 1 million ko‘chat ekish bo‘yicha “Yashil Olmaota” aksiyasi boshlangan. Ushbu aksiya doirasida 2019-yili 135 ming, 2020-yilda 282 ming, 2021-yili 215 mingta ko‘chat ekilgan. Joriy yil bu ko‘rsatkich 385 mingtani tashkil etishi kutilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov

    Olmaota mutasaddilari nafaqat ko‘chat ekish, balki ularning avj olib ketishini ham nazorat qiladi. Shahar yashil iqtisodiyot boshqarmasiga vaziyatni muntazam monitoring qilib borish topshirilgan. Ularning hisob-kitobiga ko‘ra, ekilgan ko‘chatlarning taxminan 15 foizi qurigan, singan yoki ko‘karmagan bo‘lishi mumkin. Biroq ko‘chatlarni qadagan tashkilot yoki kompaniyalar tomonidan ularning holatiga to‘liq kafolat berilgani sababli ularning deyarli barchasi almashtirilgan va qayta ekilgan.

    Aholiga bepul tarqatilayotgan ko‘chatlar, raqamlangan va ishlov berilayotgan daraxtlar

    “Yashil Olmaota” aksiyasi doirasida shahar aholisiga akatsiya, terak, oq qayin va boshqa daraxtlarning ko‘chatlari bepul tarqatilgan. Buning uchun fuqarolar ikki yil davomida ko‘chatlarga qarov bo‘yicha kafolat majburiyatini imzolashi, ko‘chat o‘tqazish rejalashtirilgan manzil fotolarini yuborishi va talab etiladigan ko‘chatlar sonini ko‘rsatishi zarur. Ko‘chatlar ekib bo‘linganidan so‘ng yashil iqtisodiyot boshqarmasiga fotohisobot yuboriladi. Bu tashabbus orqali aholining o‘zi yashayotgan shaharni ko‘kalamzorlashtirishdagi bevosita ishtiroki ta’minlanadi.

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Shahar yashil fondini saqlash va sog‘lomlashtirish maqsadida ko‘chatlar va daraxtlar biopreparatlar bilan muntazam ishlov berib turilar ekan. Bu daraxtlarni kasallanish va qurt-qumursqalardan asrash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, joriy yil boshida “Olmaota daraxtlari” dasturi ishga tushirilib, megapolisdagi barcha daraxtlar raqamlashtirilgan. Bu dastur yordamida shahardagi barcha daraxtlarni topish mumkin va ularni kesish katta muammo, to‘g‘rirog‘i, boshog‘rig‘iga aylanadi.

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Dasturda daraxtlarni raqamlashtirishdan tashqari ularning holatiga ham baho berilgan: “yashil” — sog‘lom, “qizil” — nimjon va “ko‘k” — avj olib ketolmagani sababli kesilishi zarur bo‘lgan daraxtlar.

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Mavsumiy gullardan voz kechayotgan shahar

    Olmaotada hozir bizning shaharlarda urf bo‘lgan bir yillik gullar ekish amaliyoti oldinlari keng qo‘llangan ekan. Endi megapolis mutasaddilari turgan-bitgani ziyon bo‘lgan bu odatdan voz kechib, ko‘p yillik gullar ekish amaliyotiga o‘tmoqda.

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov

    Shuningdek, Olmaotani gullar bilan bezashda noodatiy uslublardan ham foydanilmoqda. Shaharda bo‘lgan paytimiz avtobus bekatlarining aksari gullar bilan vertikal bezatilganiga guvoh bo‘ldik.

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Bu bilan joydan unumli foydalanilgan, shaharga estetik ko‘rinish berilgan va ekologik vaziyat yaxshilanishiga harakat qilingan.

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Olmaota aholisi ekohasharlarda ham faol. Megapolisga biz borishimizda sal oldinroq Medeo, Kimasar va shaharning sayyohlar ko‘p boradigan boshqa manzillarida tozalov ishlari olib borilgan hamda 35 ming tonna chiqindi yig‘ishtirilib, mevali va manzarali daraxtlar ekilgan.

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Buning uchun jamoatchilik vakillari, talabalar, volontyorlar uchun maxsus avtobuslar tashkillangan, zarur anjomlar ajratilgan.

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Olmaotani ko‘kalamzorlashtirish bilan davlat emas, biznes shug‘ullanadi

    Qayd etish joizki, Olmaotada shaharni ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan davlat tashkilotlari emas, landshaft kompaniyalari shug‘ullanadi. Ularning soni Olmaotaning o‘zida o‘ndan ortiq. Kompaniyalarga juda katta talablar qo‘yiladi: maxsus texnikalar, malakali mutaxassislar mavjudligi va hokazo. Ular shahar ma’murlari e’lon qiladigan tenderlarda ishtirok etadi va maydon, bog‘larni ko‘kalamzorlashtirish, ko‘cha va xiyobonlarga gul hamda ko‘chatlar ekish bilan shug‘ullanadi.

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Katta hajmdagi ishlarni bajarishadi va katta mas’uliyat ham zimmalarida — ekilgan har bir gul va ko‘chat uchun javob beradi, ularni avj olib ketishini kafolatlaydi. Shu bilan birga, buning ortidan oladigan daromadlari ham binoyidek: landshaft dizayni borasidagi eng yirik shartnomalar aynan shaharni ko‘kalamzorlashtirish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga tegishli.

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Ularning aksari Qozog‘iston ko‘kalamzorlashtirish assotsiatsiyasi (mamlakatda shunday uyushma ham bor) a’zolari hisoblanadi. O‘zida 100 ga yaqin a’zolarni jamlagan ushbu assotsiatsiya tomonidan joriy yil sentabr oyida o‘ninchi bor “Almaty Garden Show-2022” festivali o‘tkazilgan va soha mutaxassislari shahar tarovatini yanada oshirish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashgan.

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Foto: Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi

    Olmaota mutasaddilari megapolisni ikkinchi Dubay emas, balki aholi yashashi uchun qulay bo‘lgan bog‘-shaharga aylantirishga harakat qilishayotganini bot-bot takrorlashadi. O‘tgan yili Olmaotada bir kishiga to‘g‘ri keladigan yashil makon hududi 4,6 kvadrat metrdan tashkil etgandi, bu yil esa mazkur ko‘rsatkich 7,7 kvadrat metrga yetgan. Nazarimizda, ular to‘g‘ri yo‘ldan ketayotgandek...

     

     

    22.10.2022, 12:34   Izoh (0)   18546
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    To‘qayev Qozog‘iston “tasodifan mustaqillikka erishgani” haqidagi gaplarga javob qaytardi

    22.10.2022, 12:27

    Rossiya harbiy sun’iy yo‘ldoshlarini koinotga uchirdi

    22.10.2022, 11:43

    Boris Jonson yana Britaniya bosh vaziri lavozimi uchun kurashishga tayyor

    22.10.2022, 11:17

    AQSH Yevropaga o‘z diviziyasini joylashtirdi, u Ukraina hududiga kirishga tayyor turadi

    22.10.2022, 10:47

    AQSH foydasiga ishlagan SSSR razvedkachisi, mashhur Faberjening zargarlik ustaxonasi ochishi va Kanada parlamentida otishma uyushtirgan erkak. Kun xronologiyasida

    22.10.2022, 09:30

    “Rossiya odamlarni ochlikdan o‘ldirmoqchi” — Zelenskiy

    21.10.2022, 23:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.