• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSH foydasiga ishlagan SSSR razvedkachisi, mashhur Faberjening zargarlik ustaxonasi ochishi va Kanada parlamentida otishma uyushtirgan erkak. Kun xronologiyasida 22-oktabr

    22-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan AQSH foydasiga ishlagan ikki tomonlama SSSR agenti, Kanada parlamentida otishma uyushtirgan erkak va Sankt-Peterburgda zargarlik ustaxonasini ochgan Faberje oid faktlar o‘rin olgan.

    Markaziy razvedkaga ishlagan SSSR agenti

    Bundan 60 yil oldin 22-oktabr kuni AQSH foydasiga josuslik qilgan SSSR Markaziy razvedka boshqarmasi xodimi polkovnik Oleg Penkovskiy hibsga olingan edi. Uning qo‘lga olinishi SSSRda juda katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi.

    Foto: “Ursa-tm.ru”

    Penkovskiyning hibsga olinishi Karib inqirozining avj pallasiga to‘g‘ri kelgan va Stalin davridan keyin televideniye, radio va gazetada keng yoritilgan birinchi ish edi. Uzoq yillar Penkovskiyning familiyasi SSSRda xoinlik ramziga aylanib kelgan. Uning shaxsiy va xizmat varaqasi har tomondan tahlil qilib chiqilgan.

    Ayrim psixologlarning ta’kidlashicha, bundan mas’uliyatli lavozimlarga Penkovskiy kabi otasiz tarbiyalanganlarni tayinlash mumkin emas, chunki ularda irodali mafkura yo‘q. Shuningdek, uning Ikkinchi jahon urushidagi jangovar tajribasi ham shubha ostiga olingan, ikki marta yaralanganiga qaramay, front oldidan uzoqda, qo‘mondonlik postlarida bo‘lgan.

    Bundan tashqari, u juda erta — 30 yoshida polkovnik unvonini olgan, bu esa unga nisbatan turli shubhalarni yuzaga keltirgan. 1949-1953-yillarda Penkovskiy Sovet armiyasi Harbiy-diplomatik akademiyasida o‘qigan, xorij safarlariga, xususan, birinchi bo‘lib SSSR elchixonasi huzuridagi harbiy attashening katta yordamchisi sifatida Turkiyaga chiqqan. Shu safarning o‘zida “qasoskor, jahldor, karyerachi, har qanday qabihlikka qodir” xarakteristikasini olgan.

    Keyinchalik bularning qatoriga ko‘nikuvchan, “chiroyli hayot”ni yaxshi ko‘ruvchi, xotinboz, maishatparast, ichkilikka berilgan kabi ta’riflar qo‘shilgan. Hozirda bu odatdagidek ko‘ringan bo‘lsa-da, u vaqtda SSSRda bu juda qoralangan. G‘arbda esa unga mutlaqo boshqacha ta’rif berishgan.

    Shu bilan birga, yuqoridagi xususiyatlar uning martaba zinalaridan ildam ko‘tarilishiga qarshilik qilmagan, shuning uchun uning bo‘linmasida ushbu kadrlar siyosatini amalga oshirishga ruxsat bergan “GRU” boshlig‘i I.Serov lavozimidan chetlatilgan.

    Foto: “Ursa-tm.ru”

    Penkovskiyning hatto qonun bilan ham muammosi bo‘lgan. Masalan, uning Turkiyadan Moskvaga chaqirib olinishiga elchixona xodimi Istanbuldagi bozorda uning zargarlik buyumlarini sotmoqchi bo‘lganini ko‘rib qolgani sabab bo‘lgan. Boshqa bir versiyaga ko‘ra, Penkovskiy Turkiyadaligidayoq g‘arb diplomatlariga sovet harbiylarining sirlarini taklif qilgan, ammo uni qasddan shunday yo‘l tutayotgan provokator deb qabul qilishgani sabab u hech kim aloqaga kirishmagan.

    Nima bo‘lganda ham buning uchun u Razvedka bosh boshqarmasidan (RBB) bo‘shatilgan, biroq jinoiy javobgarlikka tortilmagan. 1957-yilda RBB boshlig‘i o‘rinbosari A.Rogov Penkovskiyni yana razvedkaga, 5-boshqarma katta ofitseri lavozimiga qabul qilgan. Buning uchun keyinchalik Rogov ham jazolangan — lavozimi va unvoni pasaytirilgan.

    1958-1959-yillarda Penkovskiy Harbiy akademiyaning oliy muhandislik va artilleriya kurslarini tamomlagan va aynan shu xorij razvedkalari tomonidan talabgir bo‘lgan. Aftidan, Penkovskiyning o‘zi xorij maxsus xizmatlariga ularni taklif qilgan, chunki u doim xorijda xizmat qilish istagini bildirib kelgan.

    Masalan, 1959-1960-yillarda u Hindistondagi harbiy attashe bo‘lishga tayyorlangan, ammo uning nomzodi rad etilgach, qattiq g‘azablangan. Penkovskiy SSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Ilmiy-tadqiqotlarni muvofiqlashtirish davlat qo‘mitasining tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida josuslik qilish imkonini topadi va bu lavozim unga turli xil xorijiy aloqalarni o‘rnatishga imkon bergan.

    Bu borada uning g‘arazli rejalarini amalga oshirishga britaniyalik tadbirkor Grevill Vinn yordam bergan. Razvedkachi u bilan Moskvadagi qabullarning birida, g‘arb texnologiya va sirlarini sotib olishga qaratilgan uchrashuvda tanishgandi.

    Penkovskiy muntazam ravishda Amerikaning Moskvadagi razvedkasiga o‘z xizmatlarini taklif etib kelgan bo‘lsa-da, uni og‘dirib olish ishlari 1961-yilning 20-aprelida, Londonga amalga oshirilgan birinchi safarida amalga oshirilgan. O‘sha yerda u “Yang” va “Aleks”, keyinroq — “Qahramon” kabi josuslik taxalluslarini olib, ikki tomonlama agentga aylangan.

    Foto: “Ursa-tm.ru”

    Avvaliga Penkovskiy Britaniyaga Fan va texnika davlat qo‘mitasi mutaxassislarining ilmiy hisobotlarini yuborib turgan, keyinroq Sovet xalqining ongini tashqi manbalardan manipulyatsiya qilish imkonini beradigan tahliliy ma’lumotlarni taqdim etgan, ular Markaziy razvedka boshqarmasining tarkibiy bo‘linmalari tomonidan SSSR parchalangan vaqtda axborot urushida foydalanilgan.

    Shu bilan birga, u turli sovet harbiy bo‘linmalariga taalluqli maxfiy materiallarni ham sotib kelgan, buning uchun Penkovskiyga fuqarolik, AQSH yoki Buyuk Britaniya razvedka bo‘linmalarida oyiga 2 ming dollarlik yuqori lavozim va SSSRda ishlagani uchun har oy 1000 dollardan pul taklif qilishgan.

    U ikki tomonlama josus sifatida uch oydan ortiq faoliyat yurita olgan xolos, shundan keyin “KGB” nazoratiga tushib qolgan. Aniqlanishicha, u inglizlar orqali g‘arbga har hafta razvedka ma’lumotlarni taqdim etib kelgan.

    1962-yil davomida u inglizlar va amerikaliklarga maxfiy hujjatlar mavjud 30 ga yaqin mikroplyonkalarni yuborgan, ammo butun josuslik tarmog‘ini aniqlash maqsadida uni qo‘lga olishmagan. Eng muhimi Penkovskiy SSSRning Kuba mojarosi bo‘yicha aniq strategiyasi va harbiy rejalariga oid ma’lumotlarni bergan.

    Karib inqirozi boshlanganida esa “KGB” zudlik bilan o‘zini ko‘rsatishi lozim edi, shu sababli ikki tomonlama josusni qo‘lga olish buyrug‘i berilgan va u 1962-yilning 22-oktabrida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Penkovsiy “KGB”ga o‘z xizmatlarini taklif qilib, SSSR foydasiga ikki tomonlama josuslik qilishini aytgan, biroq uning rejasi ish bermagan. 1963-yilning 11-mayida Oliy sud Harbiy kollegiyasi Oleg Penkovskiyni vatanga xiyonatda aybdor deb topib, otishga hukm etgan.

    Hukm 16-may kuni soat 16:17 da ijro etilgan, shuningdek, uning xizmat davomida qo‘lga kiritgan barcha unvon va mukofotlari bekor qilingan.

    Kanada parlamentidagi otishma

    2014-yilning 22-oktabr kuni Kanada poytaxtida joylashgan parlament binosida mamlakat bosh vaziri Stiven Xarper yig‘ilish o‘tkazilayotgan vaqtda 30 dan ortiq oq ovozi yangragan. Mergan huquq-tartibot xodimlari tomonidan o‘ldirilgan. Bungacha bosh vazir 15 daqiqa davomida omborxonaga yashiringan, deputatlar esa zaldagi bayroq ustunlaridan nayza yasashga tushgan.

    Foto: Twitter

    Otishmani uyushtirgan shaxs Kanada Milliy harbiy memoriali yonidagi faxriy qorovul askaridan birini otib tashlagan. O‘q yegan kapral Natan Sirilyo shifoxonada vafot etgan.

    Natan Sirilyoni qutqarishga urinish jarayoni

    Natan Sirilyoni qutqarishga urinish jarayoni
    Foto: Pikabu

    Natan Sirilyo

    Natan Sirilyo
    Foto: Pikabu

    O‘ldirilgan terrorchi Zixaf-Bibo Kanada fuqarosi bo‘lib, o‘ziga to‘q oiladan bo‘lgan. Uning otasida Liviyada Muammar Kaddafiga qarshi kurashgan. Jinoyatchining otasi 1990-yildan boshlab migratsiya xizmatida ishlab kelgan. Bibo o‘zini ISHID tarafdori hisoblagan.

    Qirg‘in sodir etilishidan oldin Zixaf-Bibo video yozib qoldirgan bo‘lib, unda erkak “bir necha askarni o‘ldirmoqchiligini”, bunga “Kanada tashqi siyosatidan noroziligi” sabab qilib ko‘rsatilgan. Bundan oldin u o‘z hamkasblariga jihodchilar va G‘arbga qarshilik ko‘rsatuvchi Yaqin Sharqdagi boshqa shaxslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan, ammo politsiya tomonidan terrorchilik xavfi deya baholanmagan. Onasining fikricha, hujum o‘zini “qopqonda his qilgan” insonning so‘nggi hujumi bo‘lgan. Zixaf-Biboning yonida katta pichoq topilgan, bu u rostdan ham kimnidir boshidan juda qilmoqchi bo‘lganini anglatgan.

    Zixaf-Bibo qanday qilib qurolni qo‘lga kiritgani noma’lum. Ko‘ngilsiz hodisa davomida o‘qotar qurollarni xarid qilish va unga egalik qilish qonun bilan taqiqlangan edi. Bundan tashqari, uning bundan oldingi jinoiy ayblovlari, giyohvand moddalar iste’mol qilgani va doimiy manzili yo‘qligi o‘qotar qurol uchun Kanadada litsenziya olishiga yo‘l bermagan. Terrorchining jasadi Liviyada dafn etilgan.

    Kanadadagi terakt ko‘plab norozilikka sabab bo‘lgan va mamlakat qonunchiligiga qator o‘zgartirishlar kiritilishiga sabab bo‘lgan. Xususan, Ottava va Kvebekdagi kanadalik harbiy xizmatchilarga haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lmagan vaqtida harbiy forma kiyish taqiqlangan. Otishma yuz bergan kunning o‘zida, Kanada xavfsizlik xizmati va razvedkasi (CSIS)ning vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlangan.

    Faberjening Sankt-Peterburda ochilgan zargarlik ustaxonasi

    1842-yilning 22-oktabrida Gustav Faberje Sankt-Peterburgda zargarlik ustaxonasini ochgan edi. Keyinchalik u zargarlik iste’dodi, badiiy didi va tadbirkorlik qobiliyatini o‘zida mujassam etgan o‘g‘li — Karl Faberjening qo‘liga o‘tgan.

    Faberjening Sankt-Peterburgdagi zargarlik ustaxonasi

    Faberjening Sankt-Peterburgdagi zargarlik ustaxonasi
    Foto: Sailko

    Gustav Faberjening ajdodlari gugenotlar bo‘lib, asli Fransiyaning shimoliy viloyati — Pikardiyadan. Ular mamlakatni tark etib, Germaniya va Botiqbo‘yi orqali Rossiyaga kelgan. Gustav 1814-yilda Estoniyaning Pernau shahrida tug‘ilgan, Peterburgda mashhur zargarlar Andreas Ferdinand Shpigel va Iogann Vilgelm Keybel qo‘lida tahsil olgan. “Zargarlik ishi ustasi” nomini olganidan keyin u 1842-yilda u kichik zargarlik ustaxonasini ochadi.

    Faberjening rafiqasi — daniyalik rassomning qizi Sharlotta Yungshtedtning ham zargar ijodidagi ahamiyati katta. Aynan Karl Faberjening onasi o‘z o‘g‘illarida ijodkorlikni, ranglar uyg‘unligini tarbiyalashga hissa qo‘shgan.

    1860-yilda Gustav ishlarni topshiradi, ustaxona uning ishchilari — Pending va Zayanchovskiylar qo‘liga o‘tadi. Germaniyada zargarlik ishini o‘rganib qaytgan Karl Ermitajda restavrator bo‘lib ishlaydi. Bu yerda u o‘tgan davr zargarliklarining usullarini o‘rganadi. 1870-yilda Karl Faberje otasining ishini davom ettirib, ancha ilgarilab ketadi — kichik ustaxona Rossiya imperiyasidagi va dunyodagi eng katta zargarlik korxonasiga aylanadi.

    So‘zsiz zargarlik iste’dodidan tashqari, Faberje muvaffaqiyatga o‘qish yillari davomida to‘plagan tajriba va bilimlari, shuningdek, tomirida oquvchi tadbirkorlik sabab erishadi — Karl juda kuchli rahbar bo‘lgan. Avvaliga u hech qachon hamma narsani o‘ziga tortib olmagan — zargar sifatida u barcha ustalarni hurmat qilgan. Firmaning har bir mahsulotida “Faberje” tamg‘asidan tashqari ustaning o‘zi tomonidan yasalgan belgi bosilgan.

    Foto: Sailko

    Faberje butun dunyoga tanilgan pasxa tuxumlaridan tashqari, zargarlik buyumlari (sirg‘alar, uzuklar), portsigaralar, buklama dastakli ko‘zoynaklar, soyabon ushlagichlari, suratlar uchun romlar, qog‘oz pichoqlar, soat uchun korpus, kuldon va boshqa ko‘plab buyumlarni yasagan.

    Karl Faberje

    Karl Faberje
    Foto: Sailko

    Karl Faberje va uning firmasi zargarlik san’atidagi butun boshli bir davrni o‘zida mujassam etgan. Ushbu davr 1914-yili, Birinchi jahon urushi boshlanganida tugagan. Faberje fabrikasining xodimlarini bir qismi frontga olib ketilgan, qolganlarni harbiy buyurtmalar bilan shug‘ullangan.

    Foto: Sailko

    Foto: Sailko

    Urush firmani moddiy jihatdan qiyin ahvolga solib qo‘ygan, 1917-yilgi inqilob esa uni butunlay yo‘qqa chiqargan: firma bo‘linmasi 1918-yilda topilgan, Moskvadagi do‘koni esa 1919-yilning fevraliga qadar ishlagan. Faberjening o‘zi esa oilasi bilan Shveysariyaga Britaniya elchixonasi kuryeri niqobi ostida qochib ketgan. Usta 1920-yilning 24-sentabrida Lozannada vafot etgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Vyetnamdagi urushga borishni istamagan amerikaliklar, Buyuk Gudinining o‘limiga sabab bo‘lgan ko‘richak va o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi. Kun xronologiyasida 21-oktabr

    22.10.2022, 09:30   Izoh (0)   52030
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Rossiya odamlarni ochlikdan o‘ldirmoqchi” — Zelenskiy

    21.10.2022, 23:32

    Ukrainaliklar Rossiya va Belarus o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tmaslik haqida bildirishnomalar olishni boshladi

    21.10.2022, 23:02

    Ukraina zarbalari natijasida 10 nafar eronlik halok bo‘ldi

    21.10.2022, 22:42

    Sobiq ittifoq yulduzi Laima Vaykule yaqin vaqtgacha mehmon bo'lgan Rossiya Federatsiyasi bilan barcha aloqalarini uzdi

    21.10.2022, 20:57

    “Putin va Lukashenkoning ambitsiyalari uchun farzandlaringizni qurbon qilmang” — Ukraina Qurolli kuchlari Belarus xalqiga murojaat qildi

    21.10.2022, 20:21

    Huquq himoyachisi Rossiyada “josus muhojir”larga nisbatan reydlar tashkil etilishidan xavotirda ekanini aytdi

    21.10.2022, 20:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bloger Otabek Mahkamov IIV akademiyasida dam olish kunlari erkinlikka chiqish uchun pora berish kabi illatlar yo‘qolganini maʼlum qildi

    O‘zbekiston | 12 may, 15:20

    “Tolibon” fuqarolarning internetdagi faoliyatini nazorat qiladi

    Afg'oniston | 12 may, 15:15

    Ronaldu “An-Nassr”dan ketishi mumkin

    Sport | 12 may, 15:15

    Mubashshir Ahmad Istanbulda qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 12 may, 15:08

    Tinch okeanida 55 kun qolib ketgan 5 nafar baliqchi qutqarildi

    Dunyo | 12 may, 14:45

    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida

    Reklama | 12 may, 13:30

    Hande Erchelning unashtiruv marosimi, Kerem Bursinning orzusidagi roli va tergov qilinayotgan Feyza Jivilek: turk seriallari yangiliklari

    Kino | 12 may, 14:40

    Toshkentda bir oilani 150 ming dollar evaziga AQSHga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.