Yevropa Superligasi yaqin 2-3 yil ichida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Bu haqida loyihaning yangi direktori Bernd Rayxart ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, musobaqa 2024/25-yilgi mavsumdan start olishi ehtimoli mavjud.
Ayni vaqtda loyiha asoschisi bo‘lgan 12 jamoadan faqat uchtasi “Real”, “Barselona” va “Yuventus” hamon Superliganing boshlanishini faol qo‘llab-quvvatlamoqda.
Oktabr oyi boshida loyiha asoschilari Yevropa klublari bilan yangi musobaqa formatini muhokama qilishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Avvalroq UEFA prezidenti Aleksander Cheferin ingliz klublari Superligaga qo‘shilmasligi, ularsiz esa jiddiy raqobat bo‘lmasligi haqida gapirgani xabar qilingandi.
2021-yilning 18-aprel kuni 12 klub boshchiligida Yevropa Superligasiga asos solingandi. Oradan ikki kun o‘tib qator klublar birin-ketin loyihani tark eta boshladi va Superliga loyihasi vaqtincha to‘xtatildi.
Izoh (0)