Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Yevropa Superligasi g‘oyasi qayta tug‘ilmaydi deb hisoblaydi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Superliga g‘oyasi ustidan qozonilgan g‘alaba yakuniyligi haqida

10-15 yildan keyin ham bunday g‘oyalar qayta tug‘ilishiga shubha bilan qarayman. Uchta klub prezidenti o‘z egolari tufayli nimadir da’vo qilishda davom etadi.

Yevropa futbolida eng muhim bo‘lgan ingliz klublari Superligaga qo‘shilmaydi, ularsiz esa jiddiy raqobat bo‘lmaydi.

Andrea Anyelli va Florentino Peres bilan hozirgi kundagi aloqalari haqida

Birinchi navbatda, u davrlar haqiqatda ham notinch edi. Vaqti kelganda bu haqida ko‘proq gapirishim yoki juda qiziqarli bo‘ladigan kitob yozishim mumkin.

O‘sha vaqtlar men 48 soat uxlamadim, ovqatlanmadim, hech narsa ichmadim. Menga qo‘ng‘iroqlar bo‘lardi, tahdid qilishardi.

Anyelli bilan aloqalarimiz yo‘q va Peres bilan ham jiddiy munosabatda bo‘lmaganman. Biroq Chempionlar Ligasi finalida bir-birimiz bilan so‘rashdik. U mening yonimga o‘tirdi, chunki UEFA mening shaxsiy tashkilotim emas va protokol bo‘yicha finalchi doim prezidentning yonida o‘tiradi. Biz yaxshi gaplashdik va Superliga mavzusiga tegmadik.

Aleksander Cheferin, UEFA prezidenti

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi