Majburiy ijro byurosi Toshkent shahri Mirobod tumanida fuqaro foydasiga 700 million so‘m undirib berdi. Bu haqda byuro matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulugbek tumanlararo sudining 26-sentabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi Sh.A. foydasiga buzilishi kerak bo‘lgan qurilma evaziga 700 million so‘m kompensatsiya undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarorda qarzdorga ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarishi uchun muddat berilgan va qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.
Qarzdor korxona tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat ichida ijro hujjati qonuniy talablari bajarilmagani sababli majburiy ijro etish choralari ko‘rilib, “MIB portal” elektron ijro dasturi orqali qarzdorning hisob-raqamlariga band solinib, inkasso topshiriqnomasi yuborilgan.
Mazkur inkasso topshiriknomasiga asosan qarzdor korxonadan sud qarorida ko‘rsatilgan qarzdorlik summasi to‘liq undirildi va ijro hujjati amalda ijro qilinib, ishi yuritish tamomlandi.
Izoh (0)