Jayralar noqonuniy ovlanishi bilan bog‘liq e’lon qilingan holat yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasi va ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat ekologik patrul guruhi tomonidan o‘rganish olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi. O‘rganishlarda videotasvirda ko‘rsatilgan holat sodir etilgan manzil va fuqarolarning shaxsi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Shabnam” MFYda yashovchi fuqarolar O.Y. va D.S. Hisorak qishlog‘iga yaqin tog‘oldi adirlikda jayrani noqonuniy ovlagan. Bildirilishicha, holat bundan 4 yil avval sodir bo‘lgan.
Fuqarolar bu bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 42-moddasi va “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 17, 27-moddalari talablarini buzgan.
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 90-moddasi prim-1 qismi bilan huquqbuzarlarning har biriga 3 million so‘mdan jarima va 1 million 800 ming so‘mdan tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.
Izoh (0)