Bugun O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘moqda. Andijon va Samarqand yo‘llarini suv bosdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan anglashilishicha, Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanidagi M39 avtomobil yo‘lida suv toshishi oqibatida YTHlar sodir bo‘lishi, shuningdek, avtomobillar to‘xtab qolishi yuzaga kelgan.
Videoda, shuningdek, suv toshqini oqibatida YTHga uchragan avtomobillarning davlat raqami Sirdaryo hamda Qashqadaryo viloyatiga qarashli ekani aytiladi.
Andijon shahrida suv bosgani xabar berilgan videoda esa, shahar ko‘chalarida suv toshgani sabab avtomobillar qatnovida tirbandlik, muammolar yuzaga kelgan.
Shahrisabz tumani hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, tumanning “Sarchashma” MFYga qarashli qishloqda, shuningdek, G‘yelon qishlog‘ida hamda Hisorak tog‘larida bugun ham qor yog‘ishda davom etgan. Kitob tumani hokimligi esa tumanning Denovbola qishlog‘ida qor yog‘ayotganini bildirgan.
Avvalroq Jizzax viloyatining Zomin tog‘larida, shuningdek, Qashqadaryoning Hisorak tog‘ tizmalarida qor yog‘gani xabar qilingandi.
Izoh (0)