Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi uylardan birida gaz portladi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 19-oktabr kuni soat 02:43 larda “Mehnat” MFY Surxonboshi ko‘chasidagi uylardan birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borildi.
Taxminlarga ko‘ra, uyning yerto‘lasida bo‘lgan maishiy gaz balloni reduktoridan sizib chiqqan tabiiy gaz xonaga to‘plangan va havo-gaz aralashmasi chaqnashi yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida xonada bo‘lgan uy egasi va uning farzandi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan, ayni vaqtda ularga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bundan avval Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi uyda gaz portlashi oqibatida 8 yoshli bola vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)