Qoraqalpog‘istonning ikkita tumanida prokurorlar almashdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 18-oktabr kuni Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh va Nukus tumanlariga yangi prokurorlar tayinlangan.
Bahrom Masharipov Taxiatosh tumani prokurori lavozimiga tayinlangan bo‘lsa, Po‘lat Xalmuratov esa Nukus tumanida ishga kirishgan.
Aniqlanishicha, Bahrom Masharipov tayinlovga qadar Bosh prokuraturada boshqarma katta prokurori vazifasida faoliyat yuritgan. Po‘lat Xalmuratov esa Taxtako‘pir tumanida ishlagan.
Avvalroq Jo‘qorg‘i Kenges raisiga yangi o‘rinbosar saylangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)