Samarqandning Jomboy tumanida yuz bergan YTHda haydovchi va uch kunlik chaqaloq vafot etdi.
STV’ning viloyat IIB bergan xabarga tayanib yozishicha, voqea 18-oktabr kuni Shirinkent—G‘azira avtomobil yo‘lining 10-kilometrida yuz bergan. N.N. boshqaruvidagi Spark yo‘lning qarama-qarshi qismiga o‘tib ketishi oqibatida Nexia bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Spark haydovchisi hamda Nexia’da bo‘lgan, tug‘ruqxonadan olib kelinayotgan uch kunlik chaqaloq halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (transport vositalari harakati qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)