• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Surunkali stress: Organizm sizni ogohlantirishga urinayotganini bildiruvchi alomatlar

    Surunkali stress uzoq vaqt davomida biror belgi bermasligi natijasida organizm uchun xavfli bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Noviy ochag”.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    Kortizol gormoni nima uchun xavfli?

    Og‘ir ish, munosabatlardagi qiyin davr, uzoq davom etgan kasallik, o‘tkazib yuborilgan ta’til yoki shunchaki uzoq vaqt g‘amginlik organizmda stress gormoni — kortizolining to‘planishiga olib kelishi mumkin. O‘z-o‘zidan u xavfli emas, agar uzoq vaqt qolib ketmasa. Ammo kortizol darajasi doimiy ravishda ko‘tarilsa, organizmning muhim tizimlari zarar ko‘rishi mumkin: endokrin, yurak-qon tomir, asab kabilar.

    Yuqori kortizol insulin rezistentligiga ta’sir qiladi va ikkinchi toifa diabet xavfini oshiradi, bu metabolizmimizni sekinlashtiradi va bel sohasida ortiqcha yog‘ paydo bo‘ladi. Kortizol uyqu sifatiga ta’sir qiladi, bu ko‘plab jiddiy kasalliklar, shu jumladan, saraton xavfini oshiradi. Qisqa qilib aytganda, surunkali stressni imkon qadar erta bilish va u bilan kurashishni boshlash juda muhimdir.

    Qorin sohasida og‘riq

    Miya va ichakning asab tizimi biz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq chambarchas bog‘liq: yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar ichakning yomon ishlashi va depressiya xavfining ortishi o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni tasdiqladi. Stress oshqozon-ichak traktiga ham ta’sir qilishi mumkin. Bu diareya, ich qotishi, ko‘ngil aynishi va hatto qayt qilish hamda qorin og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Agar gastroenterolog hech qanday kamchilik topmagan bo‘lsa va noqulaylik tark etmasa, mashqlar kurashish usullaridan biri bo‘lishi mumkin: sport paytida ishlab chiqarilgan endorfinlar nafaqat xursand qiladi, balki ichak faoliyatini yaxshilaydi va stressni kamaytiradi.

    Soch to‘kilishi

    Inson kuniga 80 dan 100 tagacha soch tolasini yo‘qotadi — bu me’yor. Agar to‘satdan taroqda sezilarli darajada ko‘p tolalar paydo bo‘lsa, so‘nggi olti oy ichida jiddiy stress yuz bergan bo‘lishi mumkin. Stress davrida androgenlarining chiqarilishi kuchayadi, bu esa soch follikulalarini buzilishi va soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Yaxshi tomoni shundaki, stress o‘tib ketganidan so‘ng soch to‘kilishi ham to‘xtaydi.

    Ko‘z qovog‘ining uchishi

    Ko‘z qovog‘i hech qanday sababsiz ucha boshlaganida, uni to‘xtatishning iloji bo‘lmasa, shifokorlar buning sababini stress deb hisoblaydi. Qovoq uchishi bilan kurashish uchun ko‘zni yumish, dam olishga harakat qilish va chuqur nafas olish tavsiya etiladi. To‘rt soniya davomida nafas olish, nafasni yetti soniya ushlab turish, keyin sakkiz soniya davomida nafas olish kerak. Bu to‘rt marta takrorlanadi va barmoq ko‘z qovog‘iga bosiladi. Agar ushbu alomat tez-tez takrorlansa, surunkali stress bilan kurashish usullari haqida o‘ylab ko‘rish kerak.

    Husnbuzarlar

    Husnbuzar toshishining sabablaridan biri erkaklik gormonlari konsentratsiyasining oshishi bo‘lishi mumkin, ularning chiqishi stress paytida faollashadi. Albatta, husnbuzar noto‘g‘ri ovqatlanish, immunitetning pasayishi, sifatsiz kosmetikadan foydalanish va hatto ba’zi dori-darmonlarni qabul qilish tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Ammo agar toshma ko‘paysa, bu stressning alomatidir: organizm doimo stress bilan kurashadi va o‘z kuchini yo‘qotishi natijasida terida muammolar paydo bo‘ladi.

    Bel sohasida og‘riq

    Stress vaqtida yurak urish tezligini oshiradi va mushaklarni taranglashtiradi. Agar stress o‘tib ketsa, gormonlar normal holatga qaytadi va mushaklar bo‘shashadi, hech qanday qo‘rqinchli narsa bo‘lmaydi. Ammo stress surunkali holga o‘tsa, mushaklar doimo zo‘riqishda bo‘ladi, bu esa og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin. Agar og‘riq davom etsa, shifokorga murojaat qilish va har kuni oddiy mashqlar uchun vaqt topishga harakat qilish lozim.

    Toshmalar

    Qichishadigan toshmalar ham stressning alomati bo‘lishi mumkin. Haddan tashqari ko‘p kortizol immunitet tizimini zaiflashtiradi va organizmga virus, shu jumladan teri infeksiyalarini keltirib chiqaradigan bakteriyalar bilan kurashishni qiyinlashtiradi. Shuningdek, immunitetning pasayishi ekzemaning kuchayishiga olib kelishi mumkin, bu uzoq muddatli stressning o‘ziga xos ko‘rsatkichli teri kasalligidir.

    Mavzuga doir:

    • Stress, anemiya va shamollashda foydali: xurmoni ratsionga kiritish uchun 7 ta sabab
    • Yaxshi kayfiyat uchun vitaminlar: stressga qarshi qanday kurashish kerak?
    • Organizmda muhim vitamin va minerallar yetishmasligining 9 ta belgisi

    19.10.2022, 18:30   Izoh (0)   15790
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sovuq ob-havoda organizmni isitish xususiyatiga ega 7 ta mahsulot

    19.10.2022, 13:54

    Immunitetni ko‘taradi, yurakni baquvvat qiladi: D vitaminining inson salomatligidagi ahamiyati

    19.10.2022, 12:44

    Havoning ifloslanishi ayollarda vazn ortishiga sabab bo‘ladi

    18.10.2022, 19:34

    Har kuni olma iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

    18.10.2022, 17:53

    Nima uchun harakatsiz turmush tarzi mental salomatlik uchun xavfli va qanday qilib bu bilan kurashish kerak?

    18.10.2022, 13:24

    Qanday oziq-ovqat mahsulotlari to‘satdan charchoq paydo bo‘lishiga olib keladi?

    17.10.2022, 15:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Belarus prezidenti o‘z o‘g‘liga iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan stipendiya tayinladi

    Dunyo | 18 iyul, 21:35

    Gollivud afsonalarining shuhrat qozonish imkoniyatini boy bergan farzandlari

    Layfstayl | 18 iyul, 21:20

    “Qilmishimdan pushaymonman”. Toshkentda Spark haydovchisi 5 kg narkotik bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 21:10

    Germaniyadan turli jinoyatlar uchun hukm qilingan yuzga yaqin afg‘onistonlik vataniga qaytarildi

    Dunyo | 18 iyul, 21:00

    Amerika kruiz laynerining 134 nafar yo‘lovchisida g‘alati virus aniqlandi

    Dunyo | 18 iyul, 20:45

    “Manchester Yunayted” “Brentford” bilan Brayan Mbeumoning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

    Sport | 18 iyul, 20:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.