O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—sentabr oylarida xorijdan qiymati 144,5 mln dollarga teng bo‘lgan 2,2 mln dona mobil telefon import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Telefon importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 255 mingtaga ko‘paygan. Sentabr oyining o‘zida O‘zbekistonga 253 mingta telefon olib kelingan. Bu ko‘rsatkich avgustda 400 mingtani tashkil qilgandi.
O‘zbekiston 9 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida hamon Xitoy yetakchilik qilmoqda — 1,6 mln dona. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisabatan 200 ming donaga ko‘pdir. BAA 247 ming dona bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Uchinchi o‘rinda Vyetnam qayd etilgan — 156 mingta. Keyingi o‘rinlarni esa Hindiston (154 ming dona), Qozog‘iston (25,4 ming dona) va Koreya (2,1 ming dona) egalladi.
Avvalroq Xitoyda mobil telefon ishlab chiqarish 2022-yilda kamaygani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)