Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2023 mezbonligi Qatarga berildi. Bu haqda OFK matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvaliga 2023-yilgi musobaqa Xitoyda o‘tishi belgilangandi. Biroq mamlakat koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab Osiyo Kubogini o‘zida o‘tkaza olmasligi ma’lum bo‘ldi va 2022-yilning may oyida Xitoydan mezbonlik olib qo‘yilgandi.
Qatardan tashqari ushbu musobaqa mezbonligi uchun Janubiy Koreya va Indoneziya ham da’vogarlik qilgandi. Yakunda OFK Qatar variantini ma’qul ko‘rgan.
Shu tariqa Qatar uchinchi marta Osiyo Kubogiga mezbonlik qiladi. Bundan avval mamlakat 1988 va 2011-yilgi musobaqani o‘zida o‘tkazgandi.
Katta ehtimol bilan Qatardagi Osiyo Kubogi 2024-yilning yanvar oyida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Qatar 2022-yilgi Jahon Chempionatining o‘zida qabul qiladi. Musobaqa 20-noyabrdan 18-dekabrga qadar o‘tkaziladi.
Izoh (0)