Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 9-turi doirasida “Barselona”ga qarshi kechgan o‘yindan (3:1) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘yin haqidaMavzuga doir: “Real” “El-Klasiko”lar tarixidagi 101-g‘alabasiga erishdiG‘alabaning asosiy faktori birinchi bo‘lim bo‘ldi, hujumda juda xavfli o‘ynadik. Barcha bor imkoniyatini ishga solishi kerak edi va biz buni amalga oshirdik. O‘yinni yaxshi boshladik, erta gol urdik va ikkinchi bo‘limda vaziyatni nazorat qildik.
Raqobatchidan uch ochko tortib oldik, bu juda muhim.
Shogirdlari haqida
Militaodan Levandovskiga bosim o‘tkazisha foydalandik. Eder yorqin o‘yin ko‘rsatdi, ayniqsa birinchi bo‘limda.
Kroos va Tchuameni orqali chiziqlar oralig‘idagi futbolchilarni nazorat qildik. Toni va Luka bilan birgalikdagi o‘yin Orilyenga ancha qo‘l kelyapti. U xuddi bir necha yildan beri jamoa bilan birgadek: uning tayanchlari kuchli.
O‘tgan klasikodagi mag‘lubiyat borasida
O‘tgan mavsum o‘zimcha yangilik qilmoqchi bo‘lgandim (mart oyida 0:4 hisobi bilan tugagan klasikoda Modrich “yolg‘on to‘qqizinchi raqam” pozitsiyasida o‘ynagandi). Bu uchrashuvda esa yangilik qilmaslikka urindim va barchani o‘z joyiga qo‘ydim.
Ayniqsa Modrichning raqib yarim himoyachilariga qarshi ajoyib o‘yinini alohida ta’kidlash kerak.
Karlo Anchelotti, “Real” bosh murabbiyi
Izoh (0)