Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida ikki kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi.
Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 16-oktabr soat taxminan 02:30 larda haydovchi T.B. Spark’ni A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus-Beynau avtomobil yo‘lining Koson yo‘nalishida boshqarib borayotib Koson tumani, “Obron” MFY hududining 78 kilometriga kelganda yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.
Oqibatda haydovchi T.B. hodisa joyida, uning yo‘lovchisi U.V. esa shifoxonada vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)