Samarqand shahrida yo‘nalishli harakatlanuvchi avtobus haydovchilari va konduktorlari ishtirokida janjal sodir bo‘ldi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 10-oktabr kuni soat 16:30 da Samarqand shahar Daxbed—Rudakiy ko‘chalari kesishmasida yuz bergan. Yo‘nalishli harakatlanuvchi 64-sonli avtobus konduktori Q.J., 52-sonli yo‘nalishli harakatlanuvchi avtobus haydovchisi M.E. va ushbu avtobus konduktori bilan yo‘lovchi olish bo‘yicha o‘zaro tortishib qolib, janjal yuzaga kelgan.
Janjal davomida tomonlar bir-birlariga tan jarohatlari yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)