Shvetsiya Yevropa Adliya hamkorligi agentligining “Shimoliy oqim 1” va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlarida sodir bo‘lgan hodisani tekshirish uchun qo‘shma tergov guruhi tuzish haqidagi taklifini nega rad etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Buning sababi sifatida prokuror Mats Jungkvist ma’lumotlarning maxfiyligini keltirdi.
Bunday tergov huquqiy kelishuvlarni o‘z ichiga oladi va Shvetsiyadan maxfiy deb hisoblagan ma’lumotlarni almashishni talab qiladi, — dedi u.
Unga ko‘ra, tergovda maxfiylik, bevosita milliy xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar bor.
26-sentabrga o‘tar kechasi Daniyaning Bornholm oroli yaqinidagi eksklyuziv iqtisodiy zonasida “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlaridan biri va “Shimoliy oqim 1”ning ikkala trubkasidan gaz sizib chiqqan. Shvetsiya va daniyalik seysmologlar o‘sha tunda hududda portlashlarni qayd etgan.
Yevroittifoq hukumati “Shimoliy oqim”ga ataylab ziyon yetkazilganini ma’lum qildi. Hodisa yuzasidan Germaniya, Daniya va Shvetsiyada tekshiruvlar olib borildi.
Huquq-tartibot organlari gumon qilishicha, bu g‘avvoslar yoki suvosti kemasidan foydalanib amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakati bo‘lgan. Germaniya xavfsizlik xizmatlari gaz quvuri butunlay yaroqsiz holga kelishini taxmin qilmoqda.
Avvalroq Shvetsiya “Shimoliy oqim”dagi portlashlar bo‘yicha tergov natijalarini Rossiya bilan baham ko‘rishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)