Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropada gazning oktabr oyidagi fyucherslari narxi 1 000 kub metr uchun 21 foizga yoki 2 100 dollargacha ko‘tarildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Shimoliy oqim”dan gazning “katta hajmda sizib chiqishi” haqida xabarlar paydo bo‘lgandan so‘ng narxlar keskin ko‘tarila boshladi.

Keyinchalik “Gazprom” Rossiya hukumati Ukrainaning “Naftogaz” kompaniyasiga qarshi sanksiyalar qo‘llashi mumkinligini aytdi, bu xabar ham narx oshishiga ta’sir qilishi mumkin.

27-sentyabr kuni Daniya rasmiylari “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlaridan sizib ketgan gaz haqida xabar berdi. Keyinroq Shvetsiya rasmiylari ham bu haqida ma’lumot bergan.

“Shimoliy oqim” operatoriga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida uning uchta liniyasidagi zarar misli ko‘rilmagan darajada katta.

Germaniyaning Tagesspiyegel gazetasiga ko‘ra, hodisa sabablaridan biri sabotaj bo‘lishi mumkin. Tahlilchilarning fikricha, ta’mirlash bir necha yil davom etishi mumkin.

26-sentyabr kuni tushdan keyin Gollandiyaning TTF xabidagi oktabr gaz fyucherslari 10 foizga tushib ketdi va iyul oyidan beri birinchi marta ming kub metr uchun 1 700 dollardan sotilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi