Xalqaro valyuta fondi (XVF) 2023-yilda global iqtisodiy o‘sish prognozini 2,7 foizga tushirdi, bu iyul oyidagi prognozdan 0,2 foizga past. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Tashkilotga ko‘ra, retsessiya global iqtisodiyotning uchdan bir qismini qamrab olishi kutilmoqda.
Fond iqtisodiy faollikning pasayishini Ukrainadagi urushning salbiy oqibatlari, energiya va oziq-ovqat narxlarining yuqoriligi, shuningdek, ko‘plab mamlakatlarda inflyatsiya va asosiy stavkalarning oshishi bilan bog‘laydi.
Tashkilot hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, AQSH, Xitoy va Yevropa iqtisodiyoti yanada pasayishi kutilmoqda.
Fond 2023-yildagi retsessiyaning eng sezilarli ta’sirini prognoz qilmoqda: YIM o‘sishining 2 foizlik tarixiy minimal darajadan pastga tushish ehtimoli taxminan to‘rtdan biri qismlik ehtimolda.
Izoh (0)