Davlat statistika qo‘mitasi 2022-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston fuqarolarining xorijga safar maqsadlari haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 9 oyda fuqarolarning aksariyati — 3,2 million nafari qarindoshlarni yo‘qlash uchun xorijga chiqqan. Fuqarolar, shuningdek, quyidagi maqsadlarda safar qilgan:
- dam olish — 502,9 ming kishi;
- o‘qish maqsadida — 124,1 ming kishi;
- davolanish — 36,9 ming kishi;
- xizmat yuzasidan — 11,2 ming.
Izoh (0)