Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida qalbaki dollarga iPhone 13 xarid qilish holati aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro X.K. “OLX” sayti orqali notanish xaridor ayol bilan o‘zining “Iphone 13” rusumli uyali aloqa vositasini 1200 dollarga sotishga kelishib, tumandagi “Evos” kafesi oldida uchrashgan paytida xaridor ayol unga uyali aloqa vositasi uchun 12 dona 100 dollarlik qalbaki kupyuralarni berib ketgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi
Mahalliy
“Biz uchun JSTga qo‘shilish mutlaq ustuvor vazifa” –  tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov