O‘zbekiston tug‘ilish bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita ma’lumotlarida keltirilishicha, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikada 905,2 ming tug‘ilish qayd etilgan. Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilish koeffitsiyenti MDH davlatlari bo‘yicha birinchi o‘rinda.
2021-yilda MDH davlatlarida har 1000 doimiy aholiga tug‘ilish koeffitsiyenti quyidagicha bo‘lgan:
- O‘zbekiston – 25,9 ta;
- Qozog‘iston – 23,5 ta;
- Qirg‘izsiton – 22,4 ta;
- Armaniston – 12,4 ta;
- Ozarbayjon – 11,2 ta;
- Moldova – 11,2 ta;
- Rossiya – 9,6 ta;
- Ukraina – 7,3 ta.
Izoh (0)