• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar qurilishi keskin ko‘paydi. Afsuski, noqonuniy qurilish qilayotgan tadbirkorlar va yangi ko‘p kvartirali uy quraman deb fuqarolar ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan moddiy boylik orttirishni maqsad qilganlar ham tez-tez uchramoqda.

    Fuqarolar uy-joy sotib olayotgan, xususan, urilishi hali bitmagan yoki umuman boshlanmagan uylardan xonadon xarid qilishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida Qurilish vazirligi bo‘lim boshlig‘i Elyor Komilov “Daryo”ga tushuntirish berdi.

    Bugungi kunda O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 27-maydagi “Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida” qaroriga asosan ulush kiritish asosida qurish elektron platformasi shakllantirilgan.

    Uy sotib olayotgan fuqaro xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan uyning Qurilish vazirligining elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan yoki yo‘qligini tekshirishi kerak. Buning uchun uy olmoqchi bo‘lgan fuqaro “mc.uz/ulushdor/” ushbu havola orqali qurilayotgan uyning ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirishi kerak. Bu havola orqali hamma uchun ochiq bo‘lgan majmua nomi, quruvchi tashkilot nomi manzili va shu kabi ma’lumotlarni olish mumkin.

    Qurilish tashkilotlari qay tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

    Qurilish tashkiloti qurilayotgan uyning ma’lumotlarini elektron tartibda platformaga yuklaydi va vakolatli organing mas’ul xodimi ma’lumotlarni ko‘rib chiqib 3 ish kunida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Agar barcha hujjatlari to‘liq bo‘lsa bir kun ichida ko‘rib chiqilib ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

    Elektron ro‘yxatga kiritish uchun quruvchilar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

    • ko‘p kvartirali uylarni qurish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasi va qurilish ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar mavjudligi;
    • qurilish majmuasiga kiradigan ko‘p kvartirali uylar va boshqa qurilish obyektlari qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda o‘z moliyaviy resurslari yoki mazkur mablag‘larga yoxud uning yetishmayotgan qismiga kredit ajratish haqida bank kafolat xati mavjudligi;
    • qurilish majmuasi uchun loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza xulosasi mavjudligi;
    • texnik va mualliflik nazorati hamda davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tegishli shartnomalar tuzilganligi;
    • ulushdorlar tomonidan kiritilgan mablag‘larni jalb qilish uchun tijorat bankida alohida hisobvaraq ochilganligi.
    Ushbu qarorga asosan tashkil etilgan elektron platforma ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish bozorini tartibga solish uy xarid qilayotgan fuqarolarni maksimal darajada risklardan himoyalash maqsadida faoliyat olib bormoqda. Ro‘yxatdan o‘tgan qurilish tashkilotlar yuqorida ko‘rsatilgan talablariga asosan qurilish jarayonini olib borayotgan bo‘ladi.

    Qurilish davomida fuqarolar mablag‘larini qurilish ishlariga jalb qilayotgan qurilish tashkilotlari Elektron platformadan ro‘yxatdan o‘tishi shart. Ro‘yxatdan o‘tmasdan turib qurilish ishlariga fuqarolarning mablag‘lariga jalb qilish mumkin emasligi belgilangan hamda Elektron platformadan ro‘yxatdan o‘tmagan qurilish tashkilotlari qurayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasini reklama qilishi hamda ulushdorning mablag‘larini qurilishga jalb qilishi mumkin emas.

    Qurilish ishlari tugallangan uylar egalariga topshirilgandan keyin kamida 2 yil davomida qurilish obyekti ekspluatatsiyasining kafolat muddatini amalga oshirib boradi.

    Qarorga asosan ulushdor fuqarolar quyidagilarni:

    • qurilish obyektidagi qurilish ishlari holati bilan tanishishga;
    • shartnoma shartlari bajarilishi bo‘yicha quruvchidan yozma shaklda ma’lumot talab qilishga;
    • qurilish obyektlarini qurish ustidan texnik, shuningdek, mablag‘larning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslarni yoki mutaxassislarni jalb qilish orqali amalga oshirishga haqli.
    Qurilish ustidan davlat nazorati: Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilib boriladi.

    Ko‘p kvartirali uy-joylarni ulush kiritish asosida qurayotgan qurilish pudrat tashkilotlari yuqoridagi qarorga asosan faoliyat olib borishlari lozim.

    Elyor Komilov, Qurilish vazirligi bo‘lim boshlig‘i 

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda endi ipoteka kreditini to‘lash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar daromad solig‘iga tortilmaydi
    • O‘zbekistonda eski uylar narxining o‘sishi sekinlashdi
    • O‘zbekistonda uy sotib olish va uyga ro‘yxatga qo‘yish tartibi osonlashmoqda
    • O‘zbekistonda eski uylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari yil oxirida ochilishi mumkin

    05.10.2022, 20:20   Izoh (0)   22191
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston tug‘ilish bo‘yicha MDHda nechanchi o‘rindaligi ma’lum qilindi

    05.10.2022, 19:59

    O‘zbekistonda yagona maktab formasini joriy etish talabi butunlay bekor qilinmadi

    05.10.2022, 19:51

    Farg‘onada yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi 540 ming so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi

    05.10.2022, 19:46

    “Sanoat Energetika guruhi”, “O‘zbekneftgaz” va Energetika vazirligi bilan yaqin hamkorlikda O‘zbekiston neft-gaz sohasi va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini m...

    05.10.2022, 19:30

    “SSSRdan qolgan qonunni ishlatib yuribmiz”. Rasul Kusherbayev qonunchilikda avtoturargohlarga doir normativ hujjat yo‘qligini aytdi

    05.10.2022, 19:12

    “Novza” metrosi yaqinidagi qurilish ishlari sabab daraxtlar ildiziga jiddiy zarar yetgani aytilmoqda

    05.10.2022, 18:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanadi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:21

    Rossiya har oy 6 mingdan ortiq Shahed droni ishlab chiqarmoqchi — CNN

    Dunyo | 24 avgust, 10:55

    Kinotavsiya: Vaqtlararo sayohat haqidagi 7 ta fantastik serial

    Kino | 24 avgust, 10:36

    DXX kubogi: “Jomiy” mahallasi yoshlari chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 24 avgust, 10:18

    Shubhali to‘lovlarni amalga oshirmang — Migratsiya agentligi fuqarolarni ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 10:12

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.