Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida qalbaki dollarga iPhone 13 xarid qilish holati aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro X.K. “OLX” sayti orqali notanish xaridor ayol bilan o‘zining “Iphone 13” rusumli uyali aloqa vositasini 1200 dollarga sotishga kelishib, tumandagi “Evos” kafesi oldida uchrashgan paytida xaridor ayol unga uyali aloqa vositasi uchun 12 dona 100 dollarlik qalbaki kupyuralarni berib ketgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)