“Roma” Italiya chempionatining 8-turida “Inter”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Rimliklar 2017-yilning 26-fevralidan beri ilk bor “Inter”ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu vaqt ichida “Roma” qatorasiga 11 o‘yinda milanliklarni mag‘lub etolmagandi.
“Bo‘rilar”ning birinchi goliga mualliflik qilgan Paulo Dibala “Inter”ga qarshi so‘nggi beshta o‘yinning to‘rttasida to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Unga qadar argentinalik “Inter”ga ketma-ket 10 ta o‘yinda gol urolmagandi.
“Inter” Italiya chempionatida ketma-ket ikki o‘yinni boy berdi. So‘nggi olti o‘yinda “Inter” to‘rtta mag‘lubiyat qayd etdi. Simone Inzagi shogirdlarining keyingi raqibi “Barselona” bo‘ladi.
“Inter” A Seriya joriy mavsumidagi 8 o‘yindan to‘rttasini boy berdi. Bunaqasi 2011/12-yilgi mavsumdan beri kuzatilmagandi.
Izoh (0)