Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namanganning chekka hududlarida konteynerlarga joylashtirilgan tibbiyot punktlari ishga tushdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Shohrux Kenjayev

Foto: “Daryo” / Shohrux Kenjayev

Namanganning Pop va Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanlaridagi karantin zonalarida foydalanishda bo‘lgan jami 167 ta konteyner tibbiyot punktlariga aylantirildi. Ulardan 131 tasi faoliyatini boshlashga ham ulgurdi.

Foto: “Daryo” / Shohrux Kenjayev

Foto: “Daryo” / Shohrux Kenjayev

Tibbiyot punktlari sanitariya-gigiyena xonalari, yotoq o‘rinlari, televizor va sovitkichlar bilan jihozlangan. Ularga eng zarur dori-darmon va tibbiy buyumlar ajratilib, malakali shifokor va hamshiralar bilan ta’minlangan.

Foto: “Daryo” / Shohrux Kenjayev

Foto: “Daryo” / Shohrux Kenjayev

“Mahallamizda tibbiyot punkti ishga tushganligi ayni muddao bo‘ldi. Oldinlari shifokorga ko‘rinish uchun 15 kilometr uzoqlikdagi Gulbog‘ yoki Jomasho‘yga borar edik. Endi esa shundoqqina yonimizda. Bemalol chiqib, shifokor yoki hamshiradan maslahat olyapmiz, dardimizga shifo topyapmiz. Bundan barcha, ayniqsa bizga o‘xshagan nuroniylar va bola-chaqali ayollar xursand”, — deydi Mingbuloq tumanidagi Qozoqovul mahallasida istiqomat qiluvchi 75 yoshli Abdurayim ota Namozov.

Foto: “Daryo” / Shohrux Kenjayev

Foto: “Daryo” / Shohrux Kenjayev

Mavzuga doir: Dehqonobod tumanining chekka qishloqlarida konteyner tibbiyot maskanlari ish boshladi (foto)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi