Shavkat Mirziyoyev qarori bilan “O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori Baxtiyor Otamuradov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Namangan viloyatiga xizmat safari paytida mehmonxonada sodir etgan nomaqbul xatti-harakatlari va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun ushbu o‘zgarish amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun, Otamurodov Namanganda mehmonxona xodimlarini haqoratlab, ularga buyum uloqtirayotgani aks etgan videolar tarqalgan edi.
Baxtiyor Otamuradov “O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktori lavozimiga 2020-yil 7-noyabrda tayinlangandi. Shuningdek, u bir vaqtning o‘zida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan. Bunga qadar Otamuradov “Xalq banki” boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh (0)