Niderlandiya terma jamoasi Millatlar Ligasi 6-turi doirasida kechgan bahsda Belgiyani mag‘lubiyatga uchratdi (1:0).
Niderlandlar ustozi Lui van Gal terma jamoa boshqaruvida 37-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu orqali mutaxassis Dik Advokatning rekordini takrorladi.
Murabbiy 2021-yilning avgustidan beri terma jamoani boshqarib kelmoqda. Van Gal bundan avval ikki bor Niderlandiya terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan: 2000-2001 va 2012—2014-yillar.
Niderlandiya terma jamoasi A Ligasi 4-guruhini 16 ochko bilan yakunlab, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Niderlandiya guruhda Belgiya (10), Polsha (7) va Uelsni (1) qoldirib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, Lui van Gal JCH—2022 dan keyin terma jamoa boshqaruvini tark etadi. 2023-yildan boshlab terma Niderlandiya Ronald Kuman qo‘l ostiga o‘tadi.
Izoh (0)