Yevropa top-5 ligalarining 2022/23-yilgi mavsumida shu vaqtga qadar nechtadan qizil kartochka ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.
Fransiya chempionatining ortda qolgan 8 turida hakamlar jami 34 ta qizil kartochka namoyish qilgan.
Keyingi o‘rindagi La Ligada esa olti tur davomida 20 ta chetlatish qayd etilgan.
Italiya A Seriyasining 7 turida 15 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan bo‘lsa, Bundesliganing ortda qolgan yettita turida 12 ta qizil berilgan.
Bu borada eng kam ko‘rsatkich Angliya Premyer Ligasida bo‘lib turibdi. Ortda qolgan 7 ta turda APL futbolchilari to‘rtta qizil kartochka olgan.
Izoh (0)